QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят41

وَٱذْكُرْ عَبْدَنَآ أَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلشَّيْطَـٰنُ بِنُصْبٍ وَعَذَابٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bizning bandamiz Ayyubni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.Бизнинг бандамиз Аййубни эсла. Ўшанда у Роббига нидо қилиб: «Албатта, мени шайтон машаққат ва азоб ила тутди», деди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bandamiz Ayyubning Parvardigoriga nido qilib: «Darhaqiqat, meni shayton balo va azob bilan ushladi», degan paytini eslang!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), бандамиз Айюбнинг Парвардигорига нидо қилиб: «Дарҳақиқат, мени шайтон бало ва азоб билан ушлади», деган пайтини эсланг!

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱذْكُرْva eslaва эслаعَبْدَنَآbandamizбандамизأَيُّوبَAyyubniАййубниإِذْoʻshandaўшандаنَادَىٰnido qildiнидо қилдиرَبَّهُۥٓRobbigaРоббигаأَنِّىalbatta, menалбатта, менمَسَّنِىَmeni tutdiмени тутдиٱلشَّيْطَـٰنُshaytonшайтонبِنُصْبٍۢmashaqqat ilaмашаққат илаوَعَذَابٍva azobва азоб
TafsirТафсир

Ey Muhammad, sen Bizning bandamiz Ayyubni esla. U ham koʻp qiyinchiliklarga uchragan. Bu narsa senga va ummatlaringga oʻrnak boʻlsin.

«Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.»

Butun dunyoda Ayyub alayhissalomning sabrlari zarbulmasal boʻlib ketgan. Birov oʻziga sabr soʻraydigan boʻlsa, menga Ayyub alayhissalomning sabridek sabr ber, deb soʻraydi. Birov boshqa bir shaxsning sabrini madh qilmoqchi boʻlsa ham, falonchiga Alloh taolo xuddi Ayyub alayhissalomning sabridek sabr bergan, deb vasf etadi. Ay-yub alayhissalom ham hayotlarida xuddi Dovud alayhissalom va Sulaymon alayhissalom kabi sinovga duchor qilinganlari maʼlum va mashhur. U kishining sabrlari aynan oʻsha mashaqqatli sinovda namoyon boʻlgan. Lekin aynan qanday sinov kelgani haqida maʼlumot yoʻq. Chunki, muhimi sinovning kelgani, uning turi emas. Mohiyati ibrat uchun kerak. Shu boisdan ham, Qurʼoni Karimda Ayyub alayhissalom qanday sinovga uchraganlari zikr qilinmagan. Hadisi shariflarda bu xususda rivoyat yoʻq. Bani Isroil esa, odatdagidek, boshqa anbiyolarga nisbatan toʻqigandek, Ayyub alayhissalomga ham boʻhtonlar toʻqib tashlashgan. Ularning asosiy jinoyatlaridan biri ham shudir. Maʼlum sabablarga koʻra, jumladan, Islomni qabul etgan Bani isroilliklar orqali yoki ulardan ayrimlarining dushmanliklari oqibatida ular toʻqigan uydirmalar baʼzi tafsir kitoblarimizga ham kirib qolgan. Lekin, alhamdulillah, muhaqqiq tafsirchi ulamolarimiz bu ofatga qarshi kurashib, u qissalarning botil ekanini isbot qilganlar. Koʻplari musulmonlarning zehnini zaharlamaslik uchun oʻsha uydirma qissalarni zikr ham qilmaydilar.

Ayyub alayhissalom haqida, u kishining sabrlari haqida toʻqilgan yolgʻonlarning eng odoblisida aytilishicha, u kishi alayhissalom juda xunuk dardga mubtalo boʻlgan emish. Yaqinida turib boʻlmaydigan darajada yomon ahvolga tushgan emish. Badanlari parcha-parcha boʻlib, uzilib tushaverarmish. Faqat xotinlarigina qolib, boshqalar u zotdan nafrat qiladigan holga kelishganmish va hokazo. Bunday afsonalar Paygʻambarlik maqomiga mutlaqo ziddir. Alloh taolo boshqalarga oʻrnak boʻladigan xos bandasiga–Paygʻambarga odamlar nafrat qiladigan darajada jirkanch kasallik bermaydi. Qolaversa, Alloh taolo bandalarga Paygʻambarlarning qissalaridan ibrat olishni amr qilgan. Ular haqida turli qissalar toʻqishga yoki kasalining turini axtarishga buyurgan emas. Shuning uchun, eng toʻgʻri yoʻl Qurʼoni Karimda va hadisi sharifda kelgan xabarlar bilan kifoyalanishdir.

Ayyub alayhissalom Alloh taoloning solih bandasi, tanlab olgan Paygʻambaridir. Boshqa Paygʻambarlar qatori, Alloh taolo u kishini ham sinovga solgan. Oʻzining oxirgi Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamga va u kishining ummatlariga ibrat, tasalli boʻlishi uchun oʻsha sinov haqida xabar bermoqda. Alloh taoloning sinovini Ayyub alayhissalom juda ham goʻzal sabr bilan qarshi olgan. Aftidan, sinov molu dunyo, ahli ayol va salomatlik borasida boʻlganga oʻxshaydi. Ayyub alayhissalom bu sinovlarning hammasiga sabr qilib, biror lahza ham Allohdan uzilmay, Unga boʻlgan ishonchlari susaymay, roziligini tilab turganlar.

Shayton esa, mashaqqatli sinov lahzalarida Ayyub alayhissalom bilan birga qolgan barcha muxlis kishilarni vasvasa qilar edi. Oʻsha muxlislar ichida u zot alayhissalomning xotinlari ham bor edi. U ayolga ham turli tomondan vasvasa qilinardi. Unga, agar Ayyubni Alloh yaxshi koʻrganida uni baloga giriftor etmas edi, deyilardi. Bu gaplar Ayyub alayhissalomga ham yetib keldi. Xotini mazkur gaplardan baʼzilarini aytganida, u kishi imkon topganida ayolni urishga qasam ichdilar.

«Oʻshanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.»

Ayyub alayhissalom hamma narsa Alloh taolodan boʻlishini yaxshi bilsalar ham, koʻngilsiz narsani odob yuzasidan shaytonga nisbat berdilar. Shuningdek, bu shikoyat bilan muxlis kishilarini shayton vasvasaga solayotganiga, bundan oʻzlari ham ozorlanayotganlariga ishora qildilar.

Alloh taolo u kishining bu nidosiga, iltijosiga, yolborishiga munosib javob berdi: