QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят42

ٱرْكُضْ بِرِجْلِكَ ۖ هَـٰذَا مُغْتَسَلٌۢ بَارِدٌ وَشَرَابٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Oyog`ing ila tepgin! Bu cho`miladigan va ichiladigan sovuq (suv)».«Оёғинг ила тепгин! Бу чўмиладиган ва ичиладиган совуқ (сув)».Alauddin Mansour: (Shunda unga aytildi): «Oyogʻing bilan (ostingdagi yerni) tepgin!» (U Allohning amrini bajargan edi, oʻsha yerdan bir chashma otilib chiqdi. Soʻng unga aytildi): Mana shu muzdek choʻmiladigan va ichimlik suvdir». (Qachonki Ayyub u suvda choʻmilib, soʻng undan ichgach, uning barcha zohiriy va botiniy dardlari darhol davo topdi).(Шунда унга айтилди): «Оёғинг билан (остингдаги ерни) тепгин!» (У Аллоҳнинг амрини бажарган эди, ўша ердан бир чашма отилиб чиқди. Сўнг унга айтилди): Мана шу муздек чўмиладиган ва ичимлик сувдир». (Қачонки Айюб у сувда чўмилиб, сўнг ундан ичгач, унинг барча зоҳирий ва ботиний дардлари дарҳол даво топди).

455-sahifa · 23-juz · 46-hizb455-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱرْكُضْtepginтепгинبِرِجْلِكَ ۖoyogʻing ilaоёғинг илаهَـٰذَاbuбуمُغْتَسَلٌۢchoʻmiladigan (suv)чўмиладиган (сув)بَارِدٌۭsovuqсовуқوَشَرَابٌۭva ichimlikdirва ичимликдир
TafsirТафсир

Yaʼni, oyogʻing bilan yerni tepgin, dedi. Ayyub alayhissalom Allohning amriga itoat etib, oyogʻlari bilan yerni tepgan edilar, u yerdan suv chiqdi. Shunda Alloh taolo:

«Bu choʻmiladigan va ichiladigan sovuq (suv)», dedi.

Demak, shu suvga choʻmilgan odam shifo topadi. Undan ichilsa, ichki dardlarga davo boʻladi. Shunday boʻldi ham.

Ulamolarimiz shu joyda oʻta nozik bir jihatga eʼtibor beradilar. Alloh taolo Ayyub alayhissalomga tayyor suvni koʻrsatmasdan:

«Oyogʻing ila yerni tepgin», dedi. U kishi yerni tepganida, suv chiqdi. Soʻngra Alloh:

«Bu choʻmiladigan va ichiladigan sovuq (suv)», dedi.

Bundan Alloh taolo hamma narsani tayyorlab bermaydi, balki bandaning oʻzida harakat boʻlsa, yordam beradi, degan maʼno anglashiladi. Shuning uchun, har bir narsada, jumladan, dardga daʼvo izlashda ham banda Allohdan yordam tilagan holida oʻzi harakat qilishi kerak.