وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنَّا وَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu, Bizdan rahmat o`laroq va aql egalariga eslatma uchun bo`ldi.Ва Биз унга аҳлини ва яна улар билан бирга мислларичани ҳам ҳадя этдик. Бу, Биздан раҳмат ўлароқ ва ақл эгаларига эслатма учун бўлди.Alauddin Mansour: Va Biz Oʻz tomonimizdan mehribonlik koʻrsatib hamda aql egalari uchun eslatma-ibrat boʻlsin deb, (Ayyubga) ahli oilasini va ular bilan qoʻshib, yana oʻshalarning mislicha (bola-chaqa) hadya etdik.Ва Биз Ўз томонимиздан меҳрибонлик кўрсатиб ҳамда ақл эгалари учун эслатма-ибрат бўлсин деб, (Айюбга) аҳли оиласини ва улар билан қўшиб, яна ўшаларнинг мислича (бола-чақа) ҳадя этдик.
Ayyub alayhissalom mazkur suvda choʻmilib, undan ichib, shifo topganlaridan keyin Alloh taolo u kishiga ahlini qaytardi. Ular bilan birga ziyoda qilib, yana oʻshancha ahl ham berdi. Qanday qilganini Oʻzi biladi. Oʻlib ketganlarini tiriltirganmi, qochib ketganlarini qaytarganmi yoki butunlay yangitdan berganmi bu tomoni Alloh taoloning Oʻzigagina maʼlum.
«Bu Bizdan rahmat oʻlaroq va aql egalariga eslatma uchun boʻldi.»
Ayyub alayhissalomga ahli qayta berilishi va yana ularning mislicha ahl ham ziyoda qilinishi Alloh taoloning rahmatidir. Shuningdek, aql egalari uchun eslatma hamdir. Bu hodisadan xabardor boʻlgan har bir aqlli odam boshiga balo-ofat va musiybat tushganida Ayyub alayhissalom kabi goʻzal sabr qilsa, oxir-oqibat Allohning rahmati kelishini eslaydi, ibrat oladi.
Shunday qilib, Ayyub alayhissalom sogʻayib ketdilar, ahli ham ikki barobar boʻlib qaytdi. Endi uchinchi narsa qoldi. Eng ogʻir paytlarda ixlos bilan yonlarida turgan vafodor xotinlarini imkon topganida urishga qasam ichib qoʻygan edilar, oʻsha qasamga amal qilish qoldi. Bu mushkul ish edi. Shunday vafodor va muxlisa ayolni, ogʻir va mashaqqatli lahzalarda yelkadosh boʻlgan, balo-ofatlarni birga totgan insonni mushkul ariganidan keyin yuz tayoq urish kerak. Darhaqiqat, bu ogʻir muammo edi. Lekin Alloh taolo Oʻz rahmati ila bu muammoni ham hal etdi. Alloh taolo Ayyub alayhissalomga dedi: