وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًا فَٱضْرِب بِّهِۦ وَلَا تَحْنَثْ ۗ إِنَّا وَجَدْنَـٰهُ صَابِرًا ۚ نِّعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Qo`lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.«Қўлингга бир дастани ол-да, у билан ур. Қасамингни бузма», (деди). Биз уни сабрли топдик. У қандай ҳам яхши банда. Албатта, у ўта қайтгувчидир.Alauddin Mansour: (Yana Biz Ayyubga aytdik): «Qoʻlingga bir bogʻ (novdani) olib, u bilan (xotiningni) urgin — qasamingni buzmagin». Darhaqiqat, Biz (Ayyubni) sabr qilguvchi holda topdik. U naqadar yaxshi bandadir. Haqiqatan, u (Alloh rozi boʻladigan yoʻlga) butunlay qaytguvchidir.(Яна Биз Айюбга айтдик): «Қўлингга бир боғ (новдани) олиб, у билан (хотинингни) ургин — қасамингни бузмагин». Дарҳақиқат, Биз (Айюбни) сабр қилгувчи ҳолда топдик. У нақадар яхши бандадир. Ҳақиқатан, у (Аллоҳ рози бўладиган йўлга) бутунлай қайтгувчидир.
Alloh taolo Ayyub alayhissalomga qasamini qanday ado etishni oʻrgatmoqda hamda u kishiga oʻzi tomonidan bunchalik fazlu karam koʻrsatilishining sababini bayon qilmoqda:
«Qoʻlingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma».
Ey Ayyub, necha marta urishni aytgan boʻlsang, oʻshancha novdani bir dasta qilib ol-da, u bilan xotiningni ur. Shunda qasamingni ado etgan boʻlasan. Qasaming buzilmaydi.
Bunchalik fazlu karam koʻrsatilishining sababi:
«Biz uni sabrli topdik».
Sinov kelganida, Ayyub oʻta goʻzal sabr ila sabr qildi. Bizga boʻlgan ishonchi susaymadi. Bir lahza ham Bizning roziligimizni topishdan umidini uzmadi.
«U qanday ham yaxshi banda.»
Ayyub nihoyatda yaxshi bandadir.
«Albatta, u oʻta qaytguvchidir.»
Dovud, Sulaymon va Ayyub alayhimussalomlarning qissalari batafsil zikr qilinganidan keyin, endigi oyatlarda bir qancha Paygʻambarlar haqida qisqa-qisqa xabarlar keladi. Barchasida Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tasalli beriladi: