هَـٰذَا ذِكْرٌ ۚ وَإِنَّ لِلْمُتَّقِينَ لَحُسْنَ مَـَٔابٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun go`zal oqibat.Бу эслатмадир. Албатта, тақводорлар учун гўзал оқибат.Alauddin Mansour: Bu (Biz sizga soʻylagan qissalar) bir eslatmadir. Shak-shubhasiz, taqvodor zotlar uchun goʻzal oqibatБу (Биз сизга сўйлаган қиссалар) бир эслатмадир. Шак-шубҳасиз, тақводор зотлар учун гўзал оқибат
Bu qissalar eslatmadir. Ularni eslab, ibrat va oʻrnak olib turish kerak. Yana shuni ham unutmaslik keraki: «Albatta, taqvodorlar uchun goʻzal oqibat» bordir. Nima boʻlsa boʻlsin, bu dunyoda taqvo bilan yashagan kishilar uchun eng goʻzal oqibat bordir. Oʻsha goʻzal oqibat faqat taqvodorlar uchun ekanini unutmaslik kerak. Ha: «Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir». Adn jannati istiqomat jannatidir. Oxiratda taqvodorlarni eshiklarini ochib kutib oladi. Taqvodorlar adn jannatlariga kirib: