جَنَّـٰتِ عَدْنٍ مُّفَتَّحَةً لَّهُمُ ٱلْأَبْوَٰبُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.Улар учун эшиклари очиқ адн жаннатлари бордир.Alauddin Mansour: — Ular uchun barcha darvozalari lang ochiq mangu jannatlar bordir.— Улар учун барча дарвозалари ланг очиқ мангу жаннатлар бордир.
Bu qissalar eslatmadir. Ularni eslab, ibrat va oʻrnak olib turish kerak. Yana shuni ham unutmaslik keraki: «Albatta, taqvodorlar uchun goʻzal oqibat» bordir. Nima boʻlsa boʻlsin, bu dunyoda taqvo bilan yashagan kishilar uchun eng goʻzal oqibat bordir. Oʻsha goʻzal oqibat faqat taqvodorlar uchun ekanini unutmaslik kerak. Ha: «Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir». Adn jannati istiqomat jannatidir. Oxiratda taqvodorlarni eshiklarini ochib kutib oladi. Taqvodorlar adn jannatlariga kirib: