QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят51

مُتَّكِـِٔينَ فِيهَا يَدْعُونَ فِيهَا بِفَـٰكِهَةٍ كَثِيرَةٍ وَشَرَابٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U yerda yonboshlagan hollarida undagi ko`plab mevalar va sharoblardan chaqiradilar.У ерда ёнбошлаган ҳолларида ундаги кўплаб мевалар ва шароблардан чақирадилар.Alauddin Mansour: Ular u joylardagi (soʻrilarda) yastanib oʻtirib, moʻl-koʻl (yaʼni, xohlaganlaricha) meva-cheva va sharob chaqirurlar.Улар у жойлардаги (сўриларда) ястаниб ўтириб, мўл-кўл (яъни, хоҳлаганларича) мева-чева ва шароб чақирурлар.

456-sahifa · 23-juz · 46-hizb456-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مُتَّكِـِٔينَyonboshlagan hollaridaёнбошлаган ҳолларидаفِيهَاu yerdaу ердаيَدْعُونَchaqirarlarчақирарларفِيهَاundagiундагиبِفَـٰكِهَةٍۢmevalarniмеваларниكَثِيرَةٍۢkoʻplabкўплабوَشَرَابٍۢva sharoblarniва шаробларни
TafsirТафсир

Oʻsha adn jannatidagi soʻrilarda yastanib, yonboshlagan hollarida undagi turli-tuman meva-chevalar va sharoblardan chaqiradilar. Nimani chaqirsalar, oʻsha zahoti hozir qilinadi. Ular bu mevalar va sharoblarni ehtiyojlari tushganidan emas, lazzat uchun, yana ham koʻproq huzurlanish uchun chaqiradilar. Holbuki, jannatda och qolish ham, chanqash ham yoʻq.