هَـٰذَا ۚ وَإِنَّ لِلطَّـٰغِينَ لَشَرَّ مَـَٔابٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ish bundaydir. Albatta, tug`yonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.Иш бундайдир. Албатта, туғёнга кетгувчилар учун ёмон оқибат.Alauddin Mansour: (Haqiqat) shudir. (Endi) hech shak-shubhasiz, haddan oshguvchi-tugʻyonga tushguvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat(Ҳақиқат) шудир. (Энди) ҳеч шак-шубҳасиз, ҳаддан ошгувчи-туғёнга тушгувчи кимсалар учун энг ёмон оқибат
Alloh taolo bu ikki oyatda tugʻyonga ketib, haddan oshgan, dunyodan kofir, mushrik, munofiq va osiy boʻlib oʻtganlarning oqibati nima boʻlishining vasfini boshlamoqda. «Albatta, tugʻyonga ketguvchilar uchun yomon oqibat–Jahannam bordir.» Bu dunyoda nimalar boʻlsa ham, tugʻyonga ketganlar nimalar qilsalar ham, jazolarini toʻla olmay oʻtib ketsalar ham, baribir, oxiratda ular uchun yomon oqibat bor. Bu yomon oqibat jahannamdir. Tugʻyonga ketuvchilar qiyomat kuni, albatta: «Unga kirurlar». Kirmasdan qolmaslar. «Bas, u qanday ham yomon yotoq!» Jahannam naqadar yomon yotoq, naqadar yomon turar joy!