QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят59

هَـٰذَا فَوْجٌ مُّقْتَحِمٌ مَّعَكُمْ ۖ لَا مَرْحَبًۢا بِهِمْ ۚ إِنَّهُمْ صَالُوا۟ ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yo`q. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar.«Мана бу гуруҳ ҳам сиз билан бирга бостириб киргувчидир. Уларга марҳабо йўқ. Улар, албатта, жаҳаннамга киргувчилардир», дерлар.Alauddin Mansour: (Doʻzaxga kirgan paytlarida kofirlarning peshvolariga hayoti dunyoda ularga ergashgan kimsalarni koʻrsatilib): «Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (yaʼni, sizlar sababli jahannamga) tashlanguvchi jamoatdir», (deyilganida, peshvolar aytdilar): «Xush kelmadilar! Haqiqatan, ularning oʻzlari doʻzaxga kirguvchi kimsalardir».(Дўзахга кирган пайтларида кофирларнинг пешволарига ҳаёти дунёда уларга эргашган кимсаларни кўрсатилиб): «Мана бу (одамлар) сизлар билан бирга (яъни, сизлар сабабли жаҳаннамга) ташлангувчи жамоатдир», (дейилганида, пешволар айтдилар): «Хуш келмадилар! Ҳақиқатан, уларнинг ўзлари дўзахга киргувчи кимсалардир».

456-sahifa · 23-juz · 46-hizb456-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
هَـٰذَاmana buмана буفَوْجٌۭguruhгуруҳمُّقْتَحِمٌۭbostirib kirguvchidirбостириб киргувчидирمَّعَكُمْ ۖsiz bilan birgaсиз билан биргаلَاyoʻqйўқمَرْحَبًۢاmarhaboмарҳабоبِهِمْ ۚulargaуларгаإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларصَالُوا۟kirguvchilardirкиргувчилардирٱلنَّارِdoʻzaxgaдўзахга
TafsirТафсир

Yaʼni, bu dunyoda kufr va isyon yoʻlida peshvolik qilganlar jahannamga eng oldin kiradilar va ortlaridan kirganlarni koʻrib, bir-birlariga: «Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir». Yaʼni, mana bu guruh ortingizdan jahannamga shiddat bilan bostirib kirgan guruhdir, deydilar. «Ularga marhabo yoʻq.» Ular xush kelmabdilar. Bu joyga kelib nima qilar edilar?! «Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir.» Jahannamdan boshqa qayerga ham kirar edilar, deydilar Yorugʻ dunyoda kofir peshvolarga ergashib yurganlar ularning ortidan kirayotib, quyidagi javobni aytadilar: