قَالُوا۟ بَلْ أَنتُمْ لَا مَرْحَبًۢا بِكُمْ ۖ أَنتُمْ قَدَّمْتُمُوهُ لَنَا ۖ فَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Yo`q! O`zingizga marhabo yo`q! Sizlar o`sha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» – derlar.Улар: «Йўқ! Ўзингизга марҳабо йўқ! Сизлар ўша(жаҳаннам)ни бизга тақдим қилдингиз! Бас, у нақадар ёмон қароргоҳ!» – дерлар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, ergashuvchilar peshvolarga) dedilar: «Yoʻq, sizlar xush kelmadingiz! (Chunki) sizlar oʻsha (azobni) bizlarga keltirdingiz! Bas, naqadar yomon joy (bu doʻzax)!»Улар (яъни, эргашувчилар пешволарга) дедилар: «Йўқ, сизлар хуш келмадингиз! (Чунки) сизлар ўша (азобни) бизларга келтирдингиз! Бас, нақадар ёмон жой (бу дўзах)!»
Bu dunyoda ergashuvchi boʻlgan, u dunyoda peshvolari ortidan jahannamga kirib qolgan shaxslar ularni jahannamda turib malomat qiladilar: «Yoʻq!» Yoʻq, ey peshvolar, biz haqimizda aytgan gapingiz notoʻgʻri. «Oʻzingizga marhabo yoʻq!» Sizning oʻzingiz xush kelmabsiz. Jahannamga kirishimizni yuzimizga solmoqdasiz. Buni bizga kim taqdim etdi?! «Sizlar oʻsha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz!» Sizning gapingizga ishonib, ortingizdan ergashgan edik, oqibatda, jahannamga kiradigan boʻldik. «Bas, u naqadar yomon qarorgoh!»–deydilar. Yaʼni, peshvolarning gaplarini oʻzlariga qaytarib otadilar. Yana ularga azobni ziyoda qilishni ham soʻraydilar.