وَقَالُوا۟ مَا لَنَا لَا نَرَىٰ رِجَالًا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ ٱلْأَشْرَارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bizga nima bo`ldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni ko`rmayapmiz?Улар: «Бизга нима бўлди? Ёмонлардан ҳисоблаб юрган кишиларимизни кўрмаяпмиз?Alauddin Mansour: (Jahannam egalari bir-birlariga) aytdilar: «Nega bizlar (dunyodalik paytimizda) yomonlardan deb hisoblab oʻtgan kishilarni (yaʼni, moʻminlarni doʻzaxda) koʻrmayapmiz-a?!(Жаҳаннам эгалари бир-бирларига) айтдилар: «Нега бизлар (дунёдалик пайтимизда) ёмонлардан деб ҳисоблаб ўтган кишиларни (яъни, мўминларни дўзахда) кўрмаяпмиз-а?!
Tugʻyonga ketganlar jahannamda turib, unga tushgan odamlarga qarab, oʻz hisoblari boʻyicha tafakkur qilib, koʻzlariga ham, oʻzlariga ham ishonmay, bir-birlaridan soʻray boshlaydilar:
«Bizga nima boʻldi?»
Sogʻmizmi oʻzi? Aqli-hushimiz joyidami? Agar sogʻ boʻlsak, aqli-hushimiz joyida boʻlsa, nima uchun u dunyoda
«Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni koʻrmayapmiz?»
Agar jahannam chindan ham yomonlarning joyi boʻlsa, nima uchun biz yomon hisoblab yurgan oʻsha odamlar unga kirmadilar?
«Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?!»
Yoki, aslida, ular yaxshi odamlar boʻlsalar ham, biz ularni oʻzimizcha masxara qilib, yomon sanarmidik?!
«Yoki koʻzlar ulardan toydimi?!» – derlar».
Yoki ular jahannamda boʻlsalar ham, bizning koʻzimiz toyib, ularni koʻra olmadikmi, deydilar. Holbuki, tugʻyonga ketib, jahannamga tushganlarning egri va buzuq oʻlchovlari bilan yomonlardan hisoblangan moʻminlar jannatda huzur-halovatga koʻmilib yotgan boʻladilar. Yoʻq, jahannam ahlining koʻzlari ham joyida, oʻzlariga ham hech narsa boʻlgani yoʻq. Faqat, yorugʻ dunyoda tugʻyonga ketib, hamma narsani Allohning mezoni bilan emas, oʻzlarining buzuq oʻlchovlari bilan oʻlchab yurganlar. Oʻzlarini yaxshilardan, moʻminlarni yomonlardan hisoblaganlar. Holbuki, haqiqiy oʻlchov Allohning oʻlchovidir, shariat oʻlchovidir, Qurʼon oʻlchovidir. Ushbu oʻlchovda yaxshi deb oʻlchangan inson yaxshi boʻladi va jannatga kiradi. Oʻsha oʻlchovda yomon deb oʻlchanganlar yomon boʻladilar va jahannamga kiradilar. Tugʻyonga ketganlarning oʻlchovi esa, teskari oʻlchovdir. Ularning oʻlchovida yaxshi deb oʻlchanganlar ular kabi jahannamga kiradilar. Ularning oʻlchovida yomon deb hisoblanganlar jannatga kirib ketib, «yaxshilar» dovdirab qoladilar.