QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Sad surasi · Oyatсураси · Оят63

أَتَّخَذْنَـٰهُمْ سِخْرِيًّا أَمْ زَاغَتْ عَنْهُمُ ٱلْأَبْصَـٰرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?! Yoki ko`zlar ulardan toydimi?!» – derlar.Биз уларни масхара қилиб олган эдикми ё?! Ёки кўзлар улардан тойдими?!» – дерлар.Alauddin Mansour: Bizlar oʻshalarni masxara qilib olgan edikmi?! Yoki (ular ham bizlar bilan mana shu jahannamda birga-yu, ammo) koʻzlarimiz ogʻib (ularni ilgʻamay qoldimi)?!»Бизлар ўшаларни масхара қилиб олган эдикми?! Ёки (улар ҳам бизлар билан мана шу жаҳаннамда бирга-ю, аммо) кўзларимиз оғиб (уларни илғамай қолдими)?!»

457-sahifa · 23-juz · 46-hizb457-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَتَّخَذْنَـٰهُمْularni tutganmidikуларни тутганмидикسِخْرِيًّاmasxara qilibмасхара қилибأَمْyokiёкиزَاغَتْtoydimiтойдимиعَنْهُمُulardanуларданٱلْأَبْصَـٰرُkoʻzlarкўзлар
TafsirТафсир

Tugʻyonga ketganlar jahannamda turib, unga tushgan odamlarga qarab, oʻz hisoblari boʻyicha tafakkur qilib, koʻzlariga ham, oʻzlariga ham ishonmay, bir-birlaridan soʻray boshlaydilar:

«Bizga nima boʻldi?»

Sogʻmizmi oʻzi? Aqli-hushimiz joyidami? Agar sogʻ boʻlsak, aqli-hushimiz joyida boʻlsa, nima uchun u dunyoda

«Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni koʻrmayapmiz?»

Agar jahannam chindan ham yomonlarning joyi boʻlsa, nima uchun biz yomon hisoblab yurgan oʻsha odamlar unga kirmadilar?

«Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?!»

Yoki, aslida, ular yaxshi odamlar boʻlsalar ham, biz ularni oʻzimizcha masxara qilib, yomon sanarmidik?!

«Yoki koʻzlar ulardan toydimi?!» – derlar».

Yoki ular jahannamda boʻlsalar ham, bizning koʻzimiz toyib, ularni koʻra olmadikmi, deydilar. Holbuki, tugʻyonga ketib, jahannamga tushganlarning egri va buzuq oʻlchovlari bilan yomonlardan hisoblangan moʻminlar jannatda huzur-halovatga koʻmilib yotgan boʻladilar. Yoʻq, jahannam ahlining koʻzlari ham joyida, oʻzlariga ham hech narsa boʻlgani yoʻq. Faqat, yorugʻ dunyoda tugʻyonga ketib, hamma narsani Allohning mezoni bilan emas, oʻzlarining buzuq oʻlchovlari bilan oʻlchab yurganlar. Oʻzlarini yaxshilardan, moʻminlarni yomonlardan hisoblaganlar. Holbuki, haqiqiy oʻlchov Allohning oʻlchovidir, shariat oʻlchovidir, Qurʼon oʻlchovidir. Ushbu oʻlchovda yaxshi deb oʻlchangan inson yaxshi boʻladi va jannatga kiradi. Oʻsha oʻlchovda yomon deb oʻlchanganlar yomon boʻladilar va jahannamga kiradilar. Tugʻyonga ketganlarning oʻlchovi esa, teskari oʻlchovdir. Ularning oʻlchovida yaxshi deb oʻlchanganlar ular kabi jahannamga kiradilar. Ularning oʻlchovida yomon deb hisoblanganlar jannatga kirib ketib, «yaxshilar» dovdirab qoladilar.