QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят10

قُلْ يَـٰعِبَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ فِى هَـٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةٌ ۗ وَأَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةٌ ۗ إِنَّمَا يُوَفَّى ٱلصَّـٰبِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen (Mening tarafimdan): «Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling. Bu dunyoda go`zal amal qilganlarga go`zallik bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, to`liq berilur», deb ayt.Сен (Менинг тарафимдан): «Эй, иймон келтирган бандаларим, Роббингизга тақво қилинг. Бу дунёда гўзал амал қилганларга гўзаллик бордир. Аллоҳнинг ери кенгдир. Албатта, сабр қилгувчиларга ажрлари ҳисобсиз, тўлиқ берилур», деб айт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Mening iymon keltirgan bandalarimga ayting: «Parvardigoringizdan qoʻrqingiz! Bu dunyoda chiroyli amal qilgan zotlar uchun (Oxiratda) chiroyli (oqibat-jannat) bordir. Allohning yeri kengdir. Hech shak-shubha yoʻqki, sabr-toqat qilguvchilarga ajr-mukofotlari hisob-kitobsiz toʻla-toʻkis qilib berilur.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Менинг иймон келтирган бандаларимга айтинг: «Парвардигорингиздан қўрқингиз! Бу дунёда чиройли амал қилган зотлар учун (Охиратда) чиройли (оқибат-жаннат) бордир. Аллоҳнинг ери кенгдир. Ҳеч шак-шубҳа йўқки, сабр-тоқат қилгувчиларга ажр-мукофотлари ҳисоб-китобсиз тўла-тўкис қилиб берилур.

459-sahifa · 23-juz · 46-hizb459-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтيَـٰعِبَادِey bandalarimэй бандаларимٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганٱتَّقُوا۟taqvo qilingтақво қилингرَبَّكُمْ ۚRobbingizgaРоббингизгаلِلَّذِينَkimsalargaкимсаларгаأَحْسَنُوا۟goʻzal amal qilganгўзал амал қилганفِى-da-даهَـٰذِهِbuбуٱلدُّنْيَاdunyoдунёحَسَنَةٌۭ ۗgoʻzallik bordirгўзаллик бордирوَأَرْضُva yeriва ериٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَٰسِعَةٌ ۗkengdirкенгдирإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатيُوَفَّىtoʻliq berilurтўлиқ берилурٱلصَّـٰبِرُونَsabr qilguvchilargaсабр қилгувчиларгаأَجْرَهُمajrlariажрлариبِغَيْرِ-siz-сизحِسَابٍۢhisobҳисоб
TafsirТафсир

Moʻmin kishining iymoni uning taqvodor boʻlishini taqozo etadi. Taqvosiz moʻmin boʻlishi tasavvurga sigʻmaydi. Chunki, iymon bilan taqvo bir-biriga bogʻliqdir. Iymon ham, taqvo ham inson qalbida boʻladi. Iymon Allohga ishonish va Uning aytganiga yurishdir. Taqvo esa, doimo Allohni his qilib turish va Uning amrlarini bajarishdir.

«Ey, iymon keltirgan bandalarim, Robbingizga taqvo qiling.»

Ana shundagina asl maqsadga erishasiz. Chunki:

«Bu dunyoda goʻzal amal qilganlarga goʻzallik bordir».

Bu dunyoda goʻzal amalni iymon va taqvosiz qilib boʻlmaydi. Faqat Robbiga taqvo qilgan moʻmin bandagina goʻzal amal qilishi mumkin. Bu dunyoda goʻzal amal etganlarga ikki dunyoda goʻzal mukofotlar bordir.

Shuning uchun, doimo iymon keltirib, taqvodor boʻlib, goʻzal amal qilishga intiling. Qiyinchiliklarni yengib oʻting. Bir joyda buni qilish imkoni boʻlmasa,

«Allohning yeri kengdir».

Boshqa joyga boring. Iymon, Islom va taqvo yoʻlida hijrat qiling. Goʻzal amallarni qila oladigan joylarga koʻchib keting.

Ulamolarimiz bu oyati karima Jaʼfar ibn Abu Tolib va uning sheriklari Habashistonga hijratni qasd qilganlarida, ularni qiziqtirib nozil boʻlganini aytadilar.

Albatta, vatanni, ahli ayolni, yaqin qarindoshlarni, yoru birodarlarni, manfaatlarni tashlab hijratga chiqish oson emas. Bunday ulkan fidokorlik uchun katta sabr-bardosh kerak.

«Albatta, sabr qilguvchilarga ajrlari hisobsiz, toʻliq berilur.»

Baʼzi ulamolarimiz, sabr qiluvchilarga ajrlari berilayotganda, hisoblab oʻtirmasdan, ulgurji berib yuboriladi, deb taʼviyl qilganlar.

Ey Paygʻambar!