قُلْ إِنِّىٓ أُمِرْتُ أَنْ أَعْبُدَ ٱللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ ٱلدِّينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Albatta, men dinni O`zi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman.Сен: «Албатта, мен динни Ўзи учун холис қилган ҳолимда Аллоҳга ибодат этишимга буюрилганман.Alauddin Mansour: Ayting: «Darhaqiqat, men Allohga U zot uchun dinimni xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman.Айтинг: «Дарҳақиқат, мен Аллоҳга У зот учун динимни холис қилган ҳолда ибодат қилишга буюрилганман.
Bu ikki oyatda Alloh Paygʻambarimizga amr qilib, barchaga oʻzlarini Allohning vahdoniyatiga buyurilganlarini, butun vujudlari bilan hamma ishlarida Allohga butunlay taslim boʻlishga amr etilganliklarini eʼlon qilishni topshirmoqda.
Ey Muhammad:
«Sen: «Albatta, men dinni Oʻzi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman», deb ayt.
Avval aytilganidek, «din»–itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat maʼnolarini anglatadi. Demak, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning koʻrsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.
«Va men musulmonlarning avvalgisi boʻlishimga amr etilganman», deb ayt.»
Musulmonlarning birinchisi, ularning avvalgisi boʻlishga amr etilganman. Butun narsalarda butunlay Alloh taologa taslim boʻluvchi, boʻysunuvchilarning birinchisi boʻlishga buyurilganman.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Allohning boshqa amrlari qatori bu amrni ham oʻz oʻrnida ado etganlar, doimo birinchi musulmon boʻlib yashaganlar.
Bu eʼlonda mushriklar uchun alohida taʼsir bor. Ularga, siz nima desangiz ham, nima qilsangiz ham, men yoʻlimdan aslo qaytmayman, degan ulugʻ maʼno bor.
Ey Paygʻambar!