QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят12

وَأُمِرْتُ لِأَنْ أَكُونَ أَوَّلَ ٱلْمُسْلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va men musulmonlarning avvalgisi bo`lishimga amr etilganman», deb ayt.Ва мен мусулмонларнинг аввалгиси бўлишимга амр этилганман», деб айт.Alauddin Mansour: Va men musulmonlarning — boʻyinsunguvchilarning avvali — peshqadami boʻlishga buyurilganman».Ва мен мусулмонларнинг — бўйинсунгувчиларнинг аввали — пешқадами бўлишга буюрилганман».

460-sahifa · 23-juz · 46-hizb460-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأُمِرْتُva amr etilganmanва амр этилганманلِأَنْuchunучунأَكُونَboʻlishimбўлишимأَوَّلَavvalgisiаввалгисиٱلْمُسْلِمِينَmusulmonlarningмусулмонларнинг
TafsirТафсир

Bu ikki oyatda Alloh Paygʻambarimizga amr qilib, barchaga oʻzlarini Allohning vahdoniyatiga buyurilganlarini, butun vujudlari bilan hamma ishlarida Allohga butunlay taslim boʻlishga amr etilganliklarini eʼlon qilishni topshirmoqda.

Ey Muhammad:

«Sen: «Albatta, men dinni Oʻzi uchun xolis qilgan holimda Allohga ibodat etishimga buyurilganman», deb ayt.

Avval aytilganidek, «din»–itoat, ibodat, jazo, mukofot hamda shariat maʼnolarini anglatadi. Demak, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam faqat xolis Allohgagina itoat qilishga, faqat xolis Allohning koʻrsatmalariga amal qilishga buyurilganlar, faqat xolis Allohdangina jazo va mukofot kutishga, faqat Allohning shariatiga amal etishga buyurilganlar. Mana shu narsa sof tavhiddir. Alloh taoloning vahdoniyatiga iqrorlikdir.

«Va men musulmonlarning avvalgisi boʻlishimga amr etilganman», deb ayt.»

Musulmonlarning birinchisi, ularning avvalgisi boʻlishga amr etilganman. Butun narsalarda butunlay Alloh taologa taslim boʻluvchi, boʻysunuvchilarning birinchisi boʻlishga buyurilganman.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Allohning boshqa amrlari qatori bu amrni ham oʻz oʻrnida ado etganlar, doimo birinchi musulmon boʻlib yashaganlar.

Bu eʼlonda mushriklar uchun alohida taʼsir bor. Ularga, siz nima desangiz ham, nima qilsangiz ham, men yoʻlimdan aslo qaytmayman, degan ulugʻ maʼno bor.

Ey Paygʻambar!