أَمَّنْ هُوَ قَـٰنِتٌ ءَانَآءَ ٱلَّيْلِ سَاجِدًا وَقَآئِمًا يَحْذَرُ ٱلْـَٔاخِرَةَ وَيَرْجُوا۟ رَحْمَةَ رَبِّهِۦ ۗ قُلْ هَلْ يَسْتَوِى ٱلَّذِينَ يَعْلَمُونَ وَٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ ۗ إِنَّمَا يَتَذَكَّرُ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`qsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qo`rqib, Robbi rahmatidan umidvor bo`lgan odamga tengmi?! Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo`larmidi?!» – deb ayt. Albatta, aql egalarigina eslarlar.Йўқса, у кечалари ибодат қилиб, сажда этган, бедор ҳолида охиратдан қўрқиб, Робби раҳматидан умидвор бўлган одамга тенгми?! Сен: «Биладиганлар билан билмайдиганлар тенг бўлармиди?!» – деб айт. Албатта, ақл эгаларигина эсларлар.Alauddin Mansour: Yoki kechalari sajda qilgan va qiyomda-tik turgan holda toat-ibodat qilguvchi, Oxiratdan qoʻrqadigan va Parvardigorining rahmat-marhamatidan umid qiladigan kishi (bilan kufru isyonga gʻarq boʻlgan kimsa barobar boʻlurmi)?!» Ayting: «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar boʻlurmi?!» Darhaqiqat, faqat aql egalarigina pand-nasihat olurlar.Ёки кечалари сажда қилган ва қиёмда-тик турган ҳолда тоат-ибодат қилгувчи, Охиратдан қўрқадиган ва Парвардигорининг раҳмат-марҳаматидан умид қиладиган киши (билан куфру исёнга ғарқ бўлган кимса баробар бўлурми)?!» Айтинг: «Биладиган зотлар билан билмайдиган кимсалар баробар бўлурми?!» Дарҳақиқат, фақат ақл эгаларигина панд-насиҳат олурлар.
Oʻtgan oyatda zikri kelgan, shubhasiz jahannam egalari boʻladigan kofirlar oxiratda sharmanda boʻlmaydilarmi?
«Yoʻqsa, u kechalari ibodat qilib, sajda etgan, bedor holida oxiratdan qoʻrqib, Robbi rahmatidan umidvor boʻlgan odamga tengmi?!»
Allohga kufr keltirgan, Unga ibodat qilmagan, Unga boʻyin egmagan, kechalari Uning roziligi yoʻlida bedor boʻlmagan, oxiratdan qoʻrqmagan, Robbi rahmatidan umid etmagan odam, albatta, kechalari Allohga ibodat qilgan, Allohning Oʻzigagina sigʻingan, Alloh taoloning roziligini topish uchun bedor boʻlgan, oxiratdan qoʻrqqan va Robbi rahmatidan umidvor kimsaga teng boʻla olmaydi.
Ey Paygʻambar!
«Sen: «Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng boʻlarmidi?!» deb aytgin.»
Albatta, teng boʻlmaydilar. Biladiganlar iymon keltirib, ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufr keltirib, isyon etadilar.
«Albatta, aql egalarigina eslarlar.»
Ha, faqat aqli borlargina har doim Allohni eslaydi. Unga iymon keltirishni, ibodat qilishni oʻylaydi.
Endigi oyatlarda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, moʻminlarni taqvodor boʻlishga chaqirishni topshiradi va boshqa bir necha haqiqatlarni Oʻz nomidan aytishni buyuradi.