۞ وَإِذَا مَسَّ ٱلْإِنسَـٰنَ ضُرٌّ دَعَا رَبَّهُۥ مُنِيبًا إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَا خَوَّلَهُۥ نِعْمَةً مِّنْهُ نَسِىَ مَا كَانَ يَدْعُوٓا۟ إِلَيْهِ مِن قَبْلُ وَجَعَلَ لِلَّهِ أَندَادًا لِّيُضِلَّ عَن سَبِيلِهِۦ ۚ قُلْ تَمَتَّعْ بِكُفْرِكَ قَلِيلًا ۖ إِنَّكَ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلنَّارِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur. So`ngra unga U zot O`z fazlidan ne'mat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur va Allohga Uning yo`lidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur. Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb ayt.Қачонки инсонни зарар тутса, Роббига тавба қилган ҳолида дуо қилур. Сўнгра унга У зот Ўз фазлидан неъмат берса, олдин дуо қилиб турган нарсасини унутур ва Аллоҳга Унинг йўлидан адаштирмоқ учун тенгдошлар қилур. Сен: «Куфринг билан бир оз ҳузурланиб тур. Албатта, сен жаҳаннам эгаларидансан», деб айт.Alauddin Mansour: Qachon insonni biron ziyon ushlasa, u Parvardigoriga tavba-tazarruʼ qilgan holida duo-iltijo qilur. Soʻngra qachon (Alloh) Oʻz tomonidan unga biron neʼmat ato etsa, (inson) ilgari (Allohga) qilgan duo-iltijolarini unutib qoʻyur va (oʻzgalarni ham) Allohning yoʻlidan ozdirish uchun U zotga «teng»larni (oʻylab) topur. (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ayting: «Sen oʻz kufring bilan (bu oʻtkinchi dunyoda) ozgina foydalanib qol! Shak-shubhasiz, sen doʻzax egalaridandirsan».Қачон инсонни бирон зиён ушласа, у Парвардигорига тавба-тазарруъ қилган ҳолида дуо-илтижо қилур. Сўнгра қачон (Аллоҳ) Ўз томонидан унга бирон неъмат ато этса, (инсон) илгари (Аллоҳга) қилган дуо-илтижоларини унутиб қўюр ва (ўзгаларни ҳам) Аллоҳнинг йўлидан оздириш учун У зотга «тенг»ларни (ўйлаб) топур. (Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), айтинг: «Сен ўз куфринг билан (бу ўткинчи дунёда) озгина фойдаланиб қол! Шак-шубҳасиз, сен дўзах эгаларидандирсан».
Inson havoyi nafsiga berilib ketsa, asl tabiati ustiga goʻyo qora parda yopiladi, boshiga ogʻir mushkul tushgan paytda esa, oʻsha parda koʻtariladi. Hech qanday mogʻorsiz asl tabiati ochiladi.
«Qachonki insonni zarar tutsa, Robbiga tavba qilgan holida duo qilur.»
Xavf-xatar qanchalik kuchli boʻlsa, uning tavba-tazarrusi ham shuncha kuchli boʻladi. Alloh taolodan yordam soʻrab, Unga yolvorib duo etadi. Boshidagi musiybatni koʻtarsa, doimo ibodatda boʻlishga ahdu vafolar qiladi. Katta balo-ofatlar zamonida xudojoʻylar koʻpayib ketishi ham shundan.
«Soʻngra unga U zot Oʻz fazlidan neʼmat bersa, oldin duo qilib turgan narsasini unutur...»
Yaʼni, Alloh bandasining iltijosini eshitib, Oʻz fazlidan neʼmat bersa va uning boshidan musiybatni koʻtarsa, banda oldingi holatini unutadi. Yaʼni, boshidan musiybat ketib, yana rohat-farogʻat kelsa, inson sof tabiati ustiga yana qora parda yopa boshlaydi, kechagi tavba-tazarrularni unutadi. Allohga bergan vaʼdalarini esdan chiqaradi.
«...va Allohga Uning yoʻlidan adashtirmoq uchun tengdoshlar qilur.»
Allohning vahdoniyatini yodidan chiqarib, unga tengdosh–sherik keltira boshlaydi. Faqat Alloh taoloni emas, boshqalarni ham rozi qilishga oʻtadi. Boshiga musiybat tushganida Alloh taoloning yolgʻiz Oʻzigina kushoyish berganini unutadi. Turli butlarni, tabiatdagi baʼzi narsalarni, oʻziga oʻxshash odamlarni, hayoti dunyoni rozi qilishga oʻtib ketadi.
Ey Paygʻambar, unday odamlarga:
«Sen: «Kufring bilan bir oz huzurlanib tur. Albatta, sen jahannam egalaridansan», deb aytgin».
Kofir qanchalik koʻp huzurlanmasin, uning huzuri qayoqqa ham borardi?! Bu dunyo huzuri olamni toʻldirsa ham, unga oz tuyuladi. Baribir jahannamga tushadigan odam uchun har qancha huzur ham kamlik qiladi.