QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят7

إِن تَكْفُرُوا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ غَنِىٌّ عَنكُمْ ۖ وَلَا يَرْضَىٰ لِعِبَادِهِ ٱلْكُفْرَ ۖ وَإِن تَشْكُرُوا۟ يَرْضَهُ لَكُمْ ۗ وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۗ ثُمَّ إِلَىٰ رَبِّكُم مَّرْجِعُكُمْ فَيُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir. U zot O`z bandalarining kofir bo`lishiga rozi bo`lmas. Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi bo`lur. Hech bir og`irlik ko`targuvchi jon o`zga jonning og`irligini ko`tarmas. So`ngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor. Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur. Albatta, U dillardagi narsalarni ham o`ta bilguvchi Zotdir.Агар куфр келтирсангиз, албатта, Аллоҳ сиздан беҳожатдир. У зот Ўз бандаларининг кофир бўлишига рози бўлмас. Агар Унга шукр келтирсангиз, сиздан рози бўлур. Ҳеч бир оғирлик кўтаргувчи жон ўзга жоннинг оғирлигини кўтармас. Сўнгра фақатгина Роббингизга қайтишингиз бор. Бас, У нима амал қилиб юрганингизнинг хабарини берур. Албатта, У диллардаги нарсаларни ҳам ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Agar sizlar kofir boʻlsangizlar, bas, albatta Alloh sizlardan behojatdir. (Ammo) U Oʻz bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmas. Agar shukr qilsangizlar (va iymon keltirsangizlar), U zot sizlar uchun (faqat shukr qilib, iymon keltirishlaringizgagina) rozi boʻlur. Hech bir koʻtarguvchi (yaʼni, gunohkor) oʻzga jonning yukini (yaʼni, gunohini) koʻtarmas. Soʻngra yolgʻiz Parvardigorlaringizga qaytishlaringiz bordir. Bas, U zot sizlarga qilib oʻtgan amallaringizning xabarini berur. Albatta U dillardagi sirlarni bilguvchidir.Агар сизлар кофир бўлсангизлар, бас, албатта Аллоҳ сизлардан беҳожатдир. (Аммо) У Ўз бандаларининг кофир бўлишига рози бўлмас. Агар шукр қилсангизлар (ва иймон келтирсангизлар), У зот сизлар учун (фақат шукр қилиб, иймон келтиришларингизгагина) рози бўлур. Ҳеч бир кўтаргувчи (яъни, гуноҳкор) ўзга жоннинг юкини (яъни, гуноҳини) кўтармас. Сўнгра ёлғиз Парвардигорларингизга қайтишларингиз бордир. Бас, У зот сизларга қилиб ўтган амалларингизнинг хабарини берур. Албатта У диллардаги сирларни билгувчидир.

459-sahifa · 23-juz · 46-hizb459-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتَكْفُرُوا۟kufr keltirsangizкуфр келтирсангизفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَنِىٌّbehojatdirбеҳожатдирعَنكُمْ ۖsizdanсизданوَلَاva emasва эмасيَرْضَىٰrozi boʻlurрози бўлурلِعِبَادِهِoʻz bandalariningўз бандаларинингٱلْكُفْرَ ۖkofir boʻlishigaкофир бўлишигаوَإِنva agarва агарتَشْكُرُوا۟shukr keltirsangizшукр келтирсангизيَرْضَهُundan rozi boʻlurундан рози бўлурلَكُمْ ۗsizdanсизданوَلَاva emasва эмасتَزِرُkoʻtarurкўтарурوَازِرَةٌۭogʻirlik koʻtarguvchi jonоғирлик кўтаргувчи жонوِزْرَogʻirliginiоғирлигиниأُخْرَىٰ ۗoʻzga jonningўзга жоннингثُمَّsoʻngraсўнграإِلَىٰ-ga-гаرَبِّكُمRobbingizgaРоббингизгаمَّرْجِعُكُمْqaytishingiz borқайтишингиз борفَيُنَبِّئُكُمbas, U xabar berurбас, У хабар берурبِمَاnima narsaniнима нарсаниكُنتُمْyurgan edingizюрган эдингизتَعْمَلُونَ ۚamal qilibамал қилибإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уعَلِيمٌۢoʻta bilguvchi zotdirўта билгувчи зотдирبِذَاتِichidagi narsalarniичидаги нарсаларниٱلصُّدُورِdillarдиллар
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada bandalarning kufri ham, shukri ham oʻzlari uchun ekanligi, Allohga hech bir zarari yoki foydasi yoʻqligi, har bir jon oʻzi uchun javob berishi muqarrarligi bayon etilmoqda.

Ey odamlar!

«Agar kufr keltirsangiz, albatta, Alloh sizdan behojatdir.»

U sizning iymon keltirishingizga muhtoj emas. Agar hammangiz birgalashib Allohga kufr keltirsangiz ham, Alloh taoloning xaziynasidan biror narsa kamayib qolmaydi. Balki sizning barchangiz Unga iymon keltirishga, ibodat qilishga muhtojsiz. Siz boʻlsa, kufr keltirib yuribsiz.

«U zot Oʻz bandalarining kofir boʻlishiga rozi boʻlmas.»

Garchi bandalarning kufri Allohga zarar qilmasa ham, Alloh hech bir bandaning kofir boʻlishiga rozi boʻlmaydi. Binobarin, kufr keltirgan banda Allohni norozi qilgan boʻladi.

«Agar Unga shukr keltirsangiz, sizdan rozi boʻlur.»

Allohga shukr etish iymonga kelib, yolgʻiz Oʻziga ibodat qilish bilan boʻladi. Barcha bandalarning shukr keltirishlari, yaʼni, Allohga iymon keltirib, ibodat qilishlari Alloh taologa zarracha foyda bermasa ham, U zot shukr keltiruvchi, yaʼni iymon keltirib, xolis ibodat qiluvchi bandalaridan rozi boʻladi. Chunki, U zot doimo bandalariga yaxshilikni ravo koʻradi. Binobarin, Allohga iymon keltirib, U zotga ibodat etgan bandalar Allohni rozi qilgan boʻladi.

Mana, hamma narsa ayon boʻldi. Kufr Alloh taoloni norozi qiladi. Shukr Allohni rozi qiladi. Endi har kim xohlagan amalni ixtiyor etaversin. Har kim oʻzi uchun javob beradi.

«Hech bir ogʻirlik koʻtarguvchi jon oʻzga jonning ogʻirligini koʻtarmas.»

Hammaga oʻzining yuki, yaʼni, gunohlari yetib ortadi. Birovning ogʻirligini koʻtarishga yoʻl boʻlsin. Buning ustiga, oxiratda har jondan faqat oʻz amaliga javob berish talab qilinadi. Chunki:

«Soʻngra faqatgina Robbingizga qaytishingiz bor».

Qiyomatda faqat Robbingizga qaytasiz, boshqa hech kimga qaytmaysiz.

«Bas, U nima amal qilib yurganingizning xabarini berur.»

Robbingiz huzuriga barchangiz qaytib borganingizda, U sizga bu dunyoda qilib oʻtgan amalingizdan xabar beradi. Zarracha ishni ham hisobga olib qoʻygan boʻladi. Oʻzingizning esingizdan chiqib ketgan boʻlsa ham, Allohning hisobidan chiqmaydi. Hech narsa maxfiy qolmaydi. Chunki:

«Albatta, U dillardagi narsalarni ham oʻta bilguvchi zotdir».

Boʻlib oʻtgan ishlar bir yoqda tursin, dildagi niyatlarni ham Alloh taolo juda yaxshi biladi. Bas, har bir banda shuni eʼtiborga olib tasarruf qilsin. Buni zinhor yodidan chiqarmasin.

Lekin inson bolasi oʻta unutuvchidir. Boshiga musiybat tushsa, darrov Alloh yodiga kelib, oʻzini oʻnglashga harakat qilib qoladi. Holi bir oz yaxshilanib, tinchlik-omonlik topib, rohat-farogʻat ogʻushiga kirgach esa, hamma narsani unutadi, yana eski holiga qaytadi.