فَٱعْبُدُوا۟ مَا شِئْتُم مِّن دُونِهِۦ ۗ قُلْ إِنَّ ٱلْخَـٰسِرِينَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَأَهْلِيهِمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ أَلَا ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sizlar Undan o`zga nimani xohlasangiz, o`shanga ibodat qilaveringlar», deb ayt. Sen: «Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni o`zlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir. Ogoh bo`lingkim, ana o`sha ochiq-oydin ziyonkorlikdir», deb ayt.Бас, сизлар Ундан ўзга нимани хоҳласангиз, ўшанга ибодат қилаверинглар», деб айт. Сен: «Албатта, зиёнкорлар қиёмат куни ўзларига ва аҳлларига зиён қилгувчилардир. Огоҳ бўлингким, ана ўша очиқ-ойдин зиёнкорликдир», деб айт.Alauddin Mansour: Endi sizlar esa (ey mushriklar), U zotni qoʻyib, oʻzlaringiz xohlagan butlaringizga ibodat qilaveringlar, (yaqinda bu shirklaringizning oqibati qanday boʻlishini juda yaxshi bilib olursizlar!»). («Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom, agar ota-bobolaringning dinidan chiqsang, ziyonkor boʻlursan», deydigan mushriklarga) ayting: «Albatta ziyonkorlar Qiyomat Kuni oʻzlariga ham, ahli oilalariga ham ziyon qilguvchi (yaʼni, oʻzi ham mushrik boʻlib, ahli-oilasini ham Toʻgʻri Yoʻldan ozdirgani sababli Qiyomat Kunida oʻzi va ahli oilasi doʻzax azobiga giriftor boʻlguvchi) kimsalardir. Ogoh boʻlingizkim, ana shugina ochiq ziyonkorlikdir».Энди сизлар эса (эй мушриклар), У зотни қўйиб, ўзларингиз хоҳлаган бутларингизга ибодат қилаверинглар, (яқинда бу ширкларингизнинг оқибати қандай бўлишини жуда яхши билиб олурсизлар!»). («Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом, агар ота-боболарингнинг динидан чиқсанг, зиёнкор бўлурсан», дейдиган мушрикларга) айтинг: «Албатта зиёнкорлар Қиёмат Куни ўзларига ҳам, аҳли оилаларига ҳам зиён қилгувчи (яъни, ўзи ҳам мушрик бўлиб, аҳли-оиласини ҳам Тўғри Йўлдан оздиргани сабабли Қиёмат Кунида ўзи ва аҳли оиласи дўзах азобига гирифтор бўлгувчи) кимсалардир. Огоҳ бўлингизким, ана шугина очиқ зиёнкорликдир».
Ey Muhammad, sen mushriklarga quyidagicha eʼlon qil:
«Sizlar Undan oʻzga nimani xohlasangiz, oʻshanga ibodat qilaveringlar».
Ey, mushriklar, sizlar yolgʻiz Allohdan boshqaga sigʻinmoqchi ekansizlar, xohlagan ishlaringizni qilaveringlar, oqibati nima boʻlishini koʻrasizlar. Oqibatda doʻzaxga tushasizlar. Oqibatda ziyonkor boʻlasizlar.
«Albatta, ziyonkorlar qiyomat kuni oʻzlariga va ahllariga ziyon qilguvchilardir.»
Qiyomat kuni ziyonkor oʻzi doʻzaxga tushadi, ahli ayolining ham doʻzaxga tushishiga sababchi boʻladi.
«Ogoh boʻlingkim, ana oʻsha ochiq-oydin ziyonkorlikdir.»
Doʻzaxda ana oʻsha ziyonkorlarning holiga voy boʻladi.