QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят16

لَهُم مِّن فَوْقِهِمْ ظُلَلٌ مِّنَ ٱلنَّارِ وَمِن تَحْتِهِمْ ظُلَلٌ ۚ ذَٰلِكَ يُخَوِّفُ ٱللَّهُ بِهِۦ عِبَادَهُۥ ۚ يَـٰعِبَادِ فَٱتَّقُونِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor. Bu bilan Alloh O`z bandalarini qo`rqitur. «Ey bandalarim, Menga taqvo qilinglar!»Улар учун тепаларидан ҳам оловдан «соябонлар» бор, остларидан ҳам оловдан «соябонлар» бор. Бу билан Аллоҳ Ўз бандаларини қўрқитур. «Эй бандаларим, Менга тақво қилинглар!»Alauddin Mansour: Ular uchun ustlaridan ham olovdan boʻlgan «soyabonlar», ostlaridan ham (olovdan boʻlgan) «soyabonlar» boʻlur. Bu (boʻlajak azob-uqubat) bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitur. Ey bandalarim, Mendan qoʻrqingiz!Улар учун устларидан ҳам оловдан бўлган «соябонлар», остларидан ҳам (оловдан бўлган) «соябонлар» бўлур. Бу (бўлажак азоб-уқубат) билан Аллоҳ Ўз бандаларини қўрқитур. Эй бандаларим, Мендан қўрқингиз!

460-sahifa · 23-juz · 46-hizb460-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَهُمular uchunулар учунمِّن-dan-данفَوْقِهِمْtepalaridanтепалариданظُلَلٌۭsoyabonlar borсоябонлар борمِّنَ-dan-данٱلنَّارِolovdanоловданوَمِنva -danва -данتَحْتِهِمْostlaridanостлариданظُلَلٌۭ ۚsoyabonlar borсоябонлар борذَٰلِكَbu bilanбу биланيُخَوِّفُqoʻrqiturқўрқитурٱللَّهُAllohАллоҳبِهِۦu bilanу биланعِبَادَهُۥ ۚOʻz bandalariniЎз бандалариниيَـٰعِبَادِey bandalarimэй бандаларимفَٱتَّقُونِbas, menga taqvo qilinglarбас, менга тақво қилинглар
TafsirТафсир

Oʻzlariga ham, ahllariga ham ziyon qiluvchilar qiyomat kuni qattiq azobga duchor boʻladilar.

«Ular uchun tepalaridan ham olovdan «soyabonlar» bor, ostlaridan ham olovdan «soyabonlar» bor.»

Jahannam olovida kuyib-yonib soya istab turganlarida ularning ustlaridan ham, ostlaridan ham qavat-qavat olovli «soyabonlar» oʻrab oladi. Ana oʻshanda azobning qanday boʻlishini koʻradilar.

«Bu bilan Alloh Oʻz bandalarini qoʻrqitur.»

Alloh taolo qiyomatning azoblari haqida oldindan ogohlantirib qoʻyadi. Toki, bandalar oʻsha holatga tushmaslik uchun hozirdan oʻzlarini oʻnglab, tayyorgarliklarini koʻrsinlar. Boshlariga musiybat tushganda, ey Robbimiz, avvalroq aytmagan ekansan, demasinlar. Bu bilan Alloh:

«Ey bandalarim, menga taqvo qilinglar!»–deydi.

Menga taqvo qilmasangiz, mazkur ziyonkorlardan boʻlasiz.

Bu dunyoda Allohdan oʻzgaga ibodat etib, betaqvo oʻtganlarning holi yuqorida vasf qilinganiday xor boʻlib turgan bir paytda qarshi tomondagilarning holi tamoman boshqacha boʻladi.