وَٱلَّذِينَ ٱجْتَنَبُوا۟ ٱلطَّـٰغُوتَ أَن يَعْبُدُوهَا وَأَنَابُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ لَهُمُ ٱلْبُشْرَىٰ ۚ فَبَشِّرْ عِبَادِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tog`utdan, unga ibodat qilishdan chetda bo`lganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor. Bas, bir bandalarimga xushxabar berki...Тоғутдан, унга ибодат қилишдан четда бўлганларга ва Аллоҳга қайтганларга хушхабар бор. Бас, бир бандаларимга хушхабар берки...Alauddin Mansour: Shaytondan — unga ibodat qilishdan yiroq boʻlgan va Allohga (yaʼni, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga) qaytgan zotlar uchun (jannat) xushxabari boʻlsin! Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Mening bandalarimga xushxabar bering!Шайтондан — унга ибодат қилишдан йироқ бўлган ва Аллоҳга (яъни, ёлғиз Аллоҳга ибодат қилишга) қайтган зотлар учун (жаннат) хушхабари бўлсин! Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Менинг бандаларимга хушхабар беринг!
«Togʻut» «tugʻyon» lafzidan olingan mubolagʻa maʼnosidagi soʻzdir. Yaʼni, koʻp tugʻyonga ketuvchi, juda haddidan oshuvchi, deganidir. Qurʼoni Karim va Islom taʼlimotlari istilohida Allohdan oʻzga ibodat qilingan har bir narsaga «togʻut» deyiladi. Baʼzi ulamolarimiz togʻutni shayton ham deganlar. Bu ham toʻgʻri, bir oz xoslangan, xolos. Avvalgi maʼno esa omdir.
«Togʻutdan, unga ibodat qilishdan chetda boʻlganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor.»
Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa–Allohga yoki togʻutga ibodat etadigan boʻladi. Uchinchi xili boʻlishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, togʻutga, yaʼni, Allohdan oʻzgaga sigʻingan boʻladi. Men dinsizman, hech narsaga ibodat qilmayman, deganlar yolgʻon gapiradilar. Ular, hech boʻlmasa, havoyi nafsiga yoki oʻzi aʼzo boʻlgan jamiyatning urf-odatiga boʻysunadilar–ibodat qiladilar.
Demak, xolis Alloh taoloning Oʻziga, tavhidga amal etib ibodat qilgan odamgina najot topadi. Ana shu toifa kishilar uchungina xushxabar bor. Allohdan oʻzgaga ibodat etmagan, doimo har bir narsada Allohga qaytib, Uning amriga muvofiq ish tutuvchi va tavhidga amal qiluvchilarga xushxabar bor.
«Bas, bir bandalarimga xushxabar berki, ular gapni eshitib, eng goʻzaliga ergasharlar.»
Allohning muvahhid bandalari, xolis Oʻziga ibodat qiladigan, togʻutga umuman yaqinlashmaydigan bandalari gapni eshitadilar, ammo gapning ichidan eng yaxshisini tanlab olib oʻshanga ergashadilar. Gapning ichidan eng yaxshisi esa, Alloh va Uning Rasulining gapidir. Ana oʻsha eng yaxshi gapga, Alloh va Uning Rasulining gapiga ergashuvchi bandalargagina xushxabar ber. Tugʻyonga ketgan, oʻzini Allohning oʻrniga qoʻygan allaqanday togʻutlarning gaplariga ergashganlarga xushxabar yoʻq.
«Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilganlardir.»
Gapni eshitib, eng yaxshisiga ergashadiganlar Alloh taolo hidoyat qilgan bandalardir.
«Ana oʻshalar, ha, oʻshalar aql egalaridir.»
Ulardan boshqalarni hidoyat, aql egasi deb boʻlmaydi.