QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят18

ٱلَّذِينَ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقَوْلَ فَيَتَّبِعُونَ أَحْسَنَهُۥٓ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ هَدَىٰهُمُ ٱللَّهُ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمْ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular gapni eshitib, eng go`zaliga ergasharlar. Ana o`shalar Alloh hidoyat qilganlardir. Ana o`shalar, ha, o`shalar aql egalaridir.Улар гапни эшитиб, энг гўзалига эргашарлар. Ана ўшалар Аллоҳ ҳидоят қилганлардир. Ана ўшалар, ҳа, ўшалар ақл эгаларидир.Alauddin Mansour: Ular soʻzga quloq tutib, uning eng goʻzaliga (yaʼni, najotga eltguvchi rost Soʻzga) ergashadigan zotlarga (xushxabar bering). Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Va ana oʻshalargina aql egalaridir.Улар сўзга қулоқ тутиб, унинг энг гўзалига (яъни, нажотга элтгувчи рост Сўзга) эргашадиган зотларга (хушхабар беринг). Ана ўшалар Аллоҳ ҳидоят қилган зотлардир. Ва ана ўшаларгина ақл эгаларидир.

460-sahifa · 23-juz · 46-hizb460-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَularуларيَسْتَمِعُونَeshitadiganlardirэшитадиганлардирٱلْقَوْلَgapniгапниفَيَتَّبِعُونَbas, ergashadilarбас, эргашадиларأَحْسَنَهُۥٓ ۚuning eng goʻzaligaунинг энг гўзалигаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَoʻshalardirkiўшалардиркиهَدَىٰهُمُularni hidoyat qilganуларни ҳидоят қилганٱللَّهُ ۖAllohАллоҳوَأُو۟لَـٰٓئِكَva ana oʻshalarва ана ўшаларهُمْha, oʻshalarҳа, ўшаларأُو۟لُوا۟egalaridirэгаларидирٱلْأَلْبَـٰبِaqlақл
TafsirТафсир

«Togʻut» «tugʻyon» lafzidan olingan mubolagʻa maʼnosidagi soʻzdir. Yaʼni, koʻp tugʻyonga ketuvchi, juda haddidan oshuvchi, deganidir. Qurʼoni Karim va Islom taʼlimotlari istilohida Allohdan oʻzga ibodat qilingan har bir narsaga «togʻut» deyiladi. Baʼzi ulamolarimiz togʻutni shayton ham deganlar. Bu ham toʻgʻri, bir oz xoslangan, xolos. Avvalgi maʼno esa omdir.

«Togʻutdan, unga ibodat qilishdan chetda boʻlganlarga va Allohga qaytganlarga xushxabar bor.»

Ushbu jumladan bilinadiki, odamlar ikki toifa–Allohga yoki togʻutga ibodat etadigan boʻladi. Uchinchi xili boʻlishi mumkin emas. Allohga ibodat qilmagan odam, albatta, togʻutga, yaʼni, Allohdan oʻzgaga sigʻingan boʻladi. Men dinsizman, hech narsaga ibodat qilmayman, deganlar yolgʻon gapiradilar. Ular, hech boʻlmasa, havoyi nafsiga yoki oʻzi aʼzo boʻlgan jamiyatning urf-odatiga boʻysunadilar–ibodat qiladilar.

Demak, xolis Alloh taoloning Oʻziga, tavhidga amal etib ibodat qilgan odamgina najot topadi. Ana shu toifa kishilar uchungina xushxabar bor. Allohdan oʻzgaga ibodat etmagan, doimo har bir narsada Allohga qaytib, Uning amriga muvofiq ish tutuvchi va tavhidga amal qiluvchilarga xushxabar bor.

«Bas, bir bandalarimga xushxabar berki, ular gapni eshitib, eng goʻzaliga ergasharlar.»

Allohning muvahhid bandalari, xolis Oʻziga ibodat qiladigan, togʻutga umuman yaqinlashmaydigan bandalari gapni eshitadilar, ammo gapning ichidan eng yaxshisini tanlab olib oʻshanga ergashadilar. Gapning ichidan eng yaxshisi esa, Alloh va Uning Rasulining gapidir. Ana oʻsha eng yaxshi gapga, Alloh va Uning Rasulining gapiga ergashuvchi bandalargagina xushxabar ber. Tugʻyonga ketgan, oʻzini Allohning oʻrniga qoʻygan allaqanday togʻutlarning gaplariga ergashganlarga xushxabar yoʻq.

«Ana oʻshalar Alloh hidoyat qilganlardir.»

Gapni eshitib, eng yaxshisiga ergashadiganlar Alloh taolo hidoyat qilgan bandalardir.

«Ana oʻshalar, ha, oʻshalar aql egalaridir.»

Ulardan boshqalarni hidoyat, aql egasi deb boʻlmaydi.