QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят19

أَفَمَنْ حَقَّ عَلَيْهِ كَلِمَةُ ٱلْعَذَابِ أَفَأَنتَ تُنقِذُ مَن فِى ٱلنَّارِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki u haqida azob so`zi haq bo`lgan kimsani — do`zaxdagi kimsani sen qutqara olurmisan?!Ёки у ҳақида азоб сўзи ҳақ бўлган кимсани — дўзахдаги кимсани сен қутқара олурмисан?!Alauddin Mansour: Axir bir kimsaga azob soʻzi (yaʼni, azobga duchor boʻlish) haq boʻlsa (siz uni hidoyat qilishga qodir boʻlurmisiz)?! Axir siz doʻzaxdagi kimsani qutqara olurmisiz?!Ахир бир кимсага азоб сўзи (яъни, азобга дучор бўлиш) ҳақ бўлса (сиз уни ҳидоят қилишга қодир бўлурмисиз)?! Ахир сиз дўзахдаги кимсани қутқара олурмисиз?!

460-sahifa · 23-juz · 46-hizb460-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَمَنْaxir kimsaахир кимсаحَقَّhaq boʻlganҳақ бўлганعَلَيْهِuning haqidaунинг ҳақидаكَلِمَةُsoʻziсўзиٱلْعَذَابِazobазобأَفَأَنتَaxir senахир сенتُنقِذُqutqara olurmisanқутқара олурмисанمَنkimsaniкимсаниفِى-dagi-дагиٱلنَّارِdoʻzaxдўзах
TafsirТафсир

Yaʼni, togʻutga ergashganlar uchun hukm chiqdi. Ularga azob soʻzi sobit boʻldi. Ular doʻzaxga tushadilar. Ey Muhammad, ular haqida azob soʻzi haq boʻlgan, doʻzaxga tushishga hukm etilganlarni sen ham qutqaza olmassan!

Muhammad sollallohu alayhi vasallam qutqaza olmasalar, ularga boshqa hech kim ham yordam bera olmaydi.