لَـٰكِنِ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ رَبَّهُمْ لَهُمْ غُرَفٌ مِّن فَوْقِهَا غُرَفٌ مَّبْنِيَّةٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۖ وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ ٱلْمِيعَادَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir. Ostlaridan anhorlar oqib turur. Allohning va'dasi shu! Alloh va'daga xilof qilmas.Лекин Роббиларига тақво қилганлар учун болохоналар устидан болохоналар бино қилингандир. Остларидан анҳорлар оқиб турур. Аллоҳнинг ваъдаси шу! Аллоҳ ваъдага хилоф қилмас.Alauddin Mansour: Lekin Parvardigorlaridan qoʻrqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan xonalar boʻlib, ularning ostidan daryolar oqib turar. (Bu) Allohning vaʼdasidir! Alloh vaʼdasiga xilof qilmas.Лекин Парвардигорларидан қўрққан зотлар учун (жаннатда) устма-уст қурилган хоналар бўлиб, уларнинг остидан дарёлар оқиб турар. (Бу) Аллоҳнинг ваъдасидир! Аллоҳ ваъдасига хилоф қилмас.
Bu dunyoda muvahhid boʻlib, xolis Allohga ibodat qilib, togʻutga sigʻinmay yashab oʻtgan bandalarga u dunyoda alohida oliy maqomlar bordir.
«Lekin Robbilariga taqvo qilganlar uchun boloxonalar ustidan boloxonalar bino qilingandir.»
Yaʼni, taqvodor bandalar uchun jannatda oliy maqom–balandbaland xonalar bino qilingandir. Ustma-ust, yana ham oliy maqom, yana ham baland xonalar bino etilgandir. Ularning
«Ostlaridan anhorlar oqib turur».
Oʻsha oliy maqom, ustma-ust qurilgan binolarning ostidan suvlar oqib turadi. Taqvodor bandalar uchun berilgan:
«Allohning vaʼdasi shu! Alloh vaʼdaga xilof qilmas».
Banda vaʼdasiga xilof qilmay taqvodor boʻlib oʻtsa, bas, mazkur mukofotlarga albatta erishadi.
Keyingi oyatlarda Allohdan boshqaga ibodat qilganlarga eslatma uchun Allohning vahdoniyatiga dalillar keltiriladi. Hidoyat va zalolat orasidagi farq bayon etiladi. Eng goʻzal gap nima ekanligi tushuntiriladi. Unga ergashmagan zolimlarning holi nima boʻlishi aytib oʻtiladi.