أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَسَلَكَهُۥ يَنَـٰبِيعَ فِى ٱلْأَرْضِ ثُمَّ يُخْرِجُ بِهِۦ زَرْعًا مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهُۥ ثُمَّ يَهِيجُ فَتَرَىٰهُ مُصْفَرًّا ثُمَّ يَجْعَلُهُۥ حُطَـٰمًا ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qo`yganini ko`rmadingmi?! So`ngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi. Keyin u quriydi. Bas, uni sarg`aygan holida ko`rarsan. So`ngra uni quruq cho`pga aylantirur. Albattta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.Аллоҳ осмондан сув тушириб, уни ердаги манбалардан юритиб қўйганини кўрмадингми?! Сўнгра у ила турли рангдаги экинларни чиқаради. Кейин у қурийди. Бас, уни сарғайган ҳолида кўрарсан. Сўнгра уни қуруқ чўпга айлантирур. Албаттта, бунда ақл эгалари учун эслатма бордир.Alauddin Mansour: Alloh osmondan suv (yomgʻir-qor) yogʻdirib, uni yerdagi buloqlar-chashmalar qilib oqizib qoʻyganini koʻrmadingizmi? Soʻngra u (suv)ning yordamida rango-rang ekin-tikin chiqarur, soʻngra u qurir, bas, siz uni sargʻaygan holda koʻrursiz, soʻngra (Alloh) uni xas-xashakka aylantirur. Albatta bunda aql egalari uchun eslatma-ibrat bordir.Аллоҳ осмондан сув (ёмғир-қор) ёғдириб, уни ердаги булоқлар-чашмалар қилиб оқизиб қўйганини кўрмадингизми? Сўнгра у (сув)нинг ёрдамида ранго-ранг экин-тикин чиқарур, сўнгра у қурир, бас, сиз уни сарғайган ҳолда кўрурсиз, сўнгра (Аллоҳ) уни хас-хашакка айлантирур. Албатта бунда ақл эгалари учун эслатма-ибрат бордир.
Qurʼoni Karimda doimo dunyo hayotiga oʻsimlikning hayoti misol qilib keltiriladi. Yomgʻir yoqqandan soʻng chiroyli boʻlib chiqqan oʻsimlik tezdagina soʻlib sargʻayishi, qurib xas-xashakka aylanishi bu dunyo hayotining zavoli tez ekanligiga ishoradir. Ayni choqda, osmondan suv tushirib, oʻsimliklarni rango-rang qilib oʻstirib qoʻyish Alloh taoloning vahdoniyatiga yorqin dalildir.
«Alloh osmondan suv tushirib, uni yerdagi manbalardan yuritib qoʻyganini koʻrmadingmi?!»
Agar Alloh taolo osmondan suv tushirmasa, nima boʻlar edi? Kim suv tushirar edi. Axir, yer yuzidagi hamma suvlarni Alloh osmondan yogʻdirgan. Xoh buloq va quduqlar, xoh yer osti daryolari va yer usti daryolari suvi boʻlsin–hamma-hammasi Alloh osmondan tushirib qoʻygan suvdir.
«Soʻngra u ila turli rangdagi ekinlarni chiqaradi.»
Yer yuzidagi sonsiz-sanoqsiz turdagi, turli-tuman rangdagi ekinlarni, oʻsimliklarni Alloh Oʻzi osmondan tushirgan suv ila koʻkartirib undirmasa, kim ularni undirib-oʻstira oladi?!
«Keyin u quriydi.»
Bir oz muddatdan keyin oʻsha oʻsib turgan oʻsimlik quriydi.
«Bas, uni sargʻaygan holida koʻrarsan.»
Kechagina turli chiroyli ranglarda jilolanib turgan oʻsimliklar hayot asarini yoʻqotib sargʻayib qoladi.
«Soʻngra uni quruq choʻpga aylantirur.»
Soʻngra Alloh sargʻaygan oʻsimlikni quruq choʻp-xashakka aylantiradi.
«Albatta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.»
Alloh bergan aqlni toʻgʻri ishlatib, oʻylab, tadabbur qilib koʻrgan bandalar uchun yetarli eslatma bordir. Oʻzlariga yarasha xulosa chiqarib, besh kunlik hayotlarida fursatni gʻanimat bilib, kerakli ishlarni qilib oladilar.