QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят2

إِنَّآ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ بِٱلْحَقِّ فَٱعْبُدِ ٱللَّهَ مُخْلِصًا لَّهُ ٱلدِّينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik. Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et.Албатта, Биз сенга китобни ҳақ ила нозил қилдик. Бас, сен Аллоҳга Унга динни холис қилган ҳолингда ибодат эт.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), albatta Biz sizga bu Kitobni haqqirost nozil qildik, bas, siz Allohga — U zot uchun diningizni xolis qilgan holda ibodat qiling!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), албатта Биз сизга бу Китобни ҳаққирост нозил қилдик, бас, сиз Аллоҳга — У зот учун динингизни холис қилган ҳолда ибодат қилинг!

458-sahifa · 23-juz · 46-hizb458-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّآalbatta, Bizалбатта, Бизأَنزَلْنَآnozil qildikнозил қилдикإِلَيْكَsengaсенгаٱلْكِتَـٰبَkitobniкитобниبِٱلْحَقِّhaq ilaҳақ илаفَٱعْبُدِbas, ibodat etбас, ибодат этٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمُخْلِصًۭاxolis qilgan holingdaхолис қилган ҳолингдаلَّهُUngaУнгаٱلدِّينَdinniдинни
TafsirТафсир

Bu oyatdagi xitob Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga qaratilgandir. Mushriklar Qurʼoni Karim haqida turli shak-shubhalar tarqatib turgan bir paytda Alloh taolo Paygʻambariga xitob qilib, hech kimga eʼtibor bermay Qurʼonni mahkam tutish va Oʻziga xolis ibodat etishga chaqirmoqda. «Albatta, Biz senga kitobni haq ila nozil qildik.» Ey Muhammad! Albatta, Biz senga Qurʼonni haq bilan tushirdik. Ey Muhammad! Albatta, Biz senga Qurʼonni haq qilib tushirdik. Ey Muhammad! Albatta, Biz senga Qurʼonning tushishini haq qildik. Ha, Qurʼonning Alloh tomonidan Muhammad sollallohu alayhi vasallamga tushgani haqdir. Ha, Qurʼon haqdan iborat ekanligi haqdir. Ha, bu Qurʼonning haq bilan quvvatlanib tushgani haqdir. Qurʼonning haqligini inkor qilgan nohaqdir. Qurʼonning Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Allohdan tushganini inkor etgan nohaqdir. Qurʼonning haq bilan quvvatlanib tushganini inkor qilgan nohaqdir. Shunday boʻlganidan keyin: «Bas, sen Allohga Unga dinni xolis qilgan holingda ibodat et». «Din» soʻzi itoat, ibodat, jazo-mukofot va shariat maʼnolarini oʻz ichiga oladi. Demak, Allohgagina xolis itoat etgan holingda ibodat et. Allohgagina ixlos qilgan holingda ibodat et. Allohdangina shariat qabul etgan holingda ibodat et. Allohning tavhidiga shak keltirma. Allohning diniga boshqaning dinini aralashtirma. Allohning ibodatiga boshqaga itoat qilishingni aralashtirma. Allohdan jazo yoki mukofot kutishingga boshqadan jazo yoki mukofot kutishni aralashtirma. Allohning shariati–qonunidan boshqani shariat (qonun) deb qabul etma!