QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят3

أَلَا لِلَّهِ ٱلدِّينُ ٱلْخَالِصُ ۚ وَٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ مَا نَعْبُدُهُمْ إِلَّا لِيُقَرِّبُونَآ إِلَى ٱللَّهِ زُلْفَىٰٓ إِنَّ ٱللَّهَ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ فِى مَا هُمْ فِيهِ يَخْتَلِفُونَ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى مَنْ هُوَ كَـٰذِبٌ كَفَّارٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`lingkim, xolis din Allohnikidir. Undan o`zga avliyo (do`stlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari bo`yicha hukm qilur. Albatta, Alloh yolg`onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas.Огоҳ бўлингким, холис дин Аллоҳникидир. Ундан ўзга авлиё (дўстлар) тутганлар: «Биз уларга фақат бизларни Аллоҳга жуда ҳам яқин қилишлари учунгина ибодат қилурмиз», (дерлар). Албатта, У зот улар орасида ихтилоф этаётган нарсалари бўйича ҳукм қилур. Албатта, Аллоҳ ёлғончи ва кофир кимсаларни ҳидоят қилмас.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), ogoh boʻlingizkim, xolis din yolgʻiz Allohnikidir (yaʼni, yolgʻiz Allohgina chin ixlos bilan ibodat qilinishga loyiq Zotdir). U zotdan oʻzga «doʻstlar»ni («xudo») qilib olgan kimsalar: «Biz (oʻsha «xudo»larimizga) faqat ular bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz», (derlar). Shak-shubha yoʻqki, Alloh (Qiyomat Kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning oʻrtasida hukm qilur. Shak-shubha yoʻqki, Alloh yolgʻonchi va koʻrnamak kimsalarni hidoyat qilmas.(Эй инсонлар), огоҳ бўлингизким, холис дин ёлғиз Аллоҳникидир (яъни, ёлғиз Аллоҳгина чин ихлос билан ибодат қилинишга лойиқ Зотдир). У зотдан ўзга «дўстлар»ни («худо») қилиб олган кимсалар: «Биз (ўша «худо»ларимизга) фақат улар бизни Аллоҳга яқин қилишлари учунгина ибодат қилурмиз», (дерлар). Шак-шубҳа йўқки, Аллоҳ (Қиёмат Кунида) улар ихтилоф қилаётган нарсалар хусусида уларнинг ўртасида ҳукм қилур. Шак-шубҳа йўқки, Аллоҳ ёлғончи ва кўрнамак кимсаларни ҳидоят қилмас.

458-sahifa · 23-juz · 46-hizb458-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَاogoh boʻlingkimогоҳ бўлингкимلِلَّهِAllohnikidirАллоҳникидирٱلدِّينُdinдинٱلْخَالِصُ ۚxolisхолисوَٱلَّذِينَva oʻshalarkiва ўшаларкиٱتَّخَذُوا۟tutganlarтутганларمِن-dan-данدُونِهِۦٓUndan oʻzgaУндан ўзгаأَوْلِيَآءَavliyo-doʻstlarавлиё-дўстларمَاemasэмасنَعْبُدُهُمْularga ibodat qilurmizуларга ибодат қилурмизإِلَّاfaqatфақатلِيُقَرِّبُونَآbizni yaqin qilishlari uchunбизни яқин қилишлари учунإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаزُلْفَىٰٓjuda ham yaqinжуда ҳам яқинإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳيَحْكُمُhukm qilurҳукм қилурبَيْنَهُمْular orasidaулар орасидаفِىboʻyichaбўйичаمَاnarsalarнарсаларهُمْularуларفِيهِundaундаيَخْتَلِفُونَ ۗixtilof etayotganихтилоф этаётганإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَاemasэмасيَهْدِىhidoyat qilurҳидоят қилурمَنْkimsaniкимсаниهُوَuуكَـٰذِبٌۭyolgʻonchiёлғончиكَفَّارٌۭva oʻta kofirва ўта кофир
TafsirТафсир

Ey odamlar, ogoh boʻlinglar! Esingizdan chiqmasin. Turli narsalarga chalgʻib qolmanglar.

« Ogoh boʻlingkim, xolis din Allohnikidir.»

Dunyoda ixlos qilish lozim boʻlgan din Allohning dinidir.

Dunyoda ixlos qilish lozim boʻlgan shariat Allohning shariatidir. Xolis din tavhid dinidir. Allohning dini Islomdir. Allohning oʻziga boʻysunib ibodat qilmaganlar turli yoʻllarda adashib yuradilar va Makka mushriklariga oʻxshab, oʻzlarining gumrohliklariga turli bahonalar toʻqib oladilar.

«Undan oʻzga avliyo (doʻstlar) tutganlar: «Biz ularga faqat bizlarni Allohga juda ham yaqin qilishlari uchungina ibodat qilamiz», (derlar).»

Mushriklar Alloh taoloning yaratuvchi zot ekanini, U zot osmonlaru yerni yaratganini tan olar edilar. Ammo oʻsha xoliqning tavhidini, yakka Oʻzigina ibodatga sazovor ekanini tan olmasdilar. Ibodatda Unga turli but va sanamlarni sherik qilar edilar. Ular oʻzlaricha afsona toʻqib, farishtalar Allohning qizlari, deb safsata sotishardi. Farishtalarga turli haykallar yasab, oʻshalarga sigʻinishardi. Keyin esa, oʻzlaricha, biz maloikalarga ibodat qilish zarurligidan emas, ular bizni shafoat etib, Allohga juda ham yaqinlashtirishlari uchun sigʻinamiz, deyishardi. Bu ishlari esa, botil ish edi. Allohning tavhidiga xilof edi. Kufr va shirk edi.

«Albatta, U zot ular orasida ixtilof etayotgan narsalari boʻyicha hukm qilur.»

Bu hol qiyomat kunida boʻladi. Bandalar oʻzlaricha tavhid va boshqa ishlarda ixtilof qilib tortishgan masalalari boʻyicha Alloh taolo qiyomat kunida Oʻz hukmini chiqaradi. Ammo, hozirdan adolat oʻlchovini eʼlon etib qoʻyadi. Misol uchun, tavhid masalasida quyidagi qoida bor:

«Albatta, Alloh yolgʻonchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas».

Yolgʻonchi hammaga yolgʻon gapiradi. Allohning sherigi bor, deydi. Falonchini rozi qilsang, Alloh rozi boʻladi, u Alloh huzurida senga shafoat beradi, deydi. Tavhidga shak keltirib, Allohga shirk keltirishga chaqiradi. Kofirlar esa, Allohga kufr keltiradilar.7–3316

Albatta, Alloh taolo yolgʻonchi kimsani hidoyat qilmaydi. Allohning hidoyati ulkan neʼmatdir. Alloh taoloning bandasiga beradigan mukofotidir. Bu mukofotni olish uchun shunga loyiq boʻlish kerak. Uni olishga ragʻbati borligini bildirish kerak. Yaʼni, bandaning oʻzi hidoyatga erishish uchun intilishi lozim. Alloh taolo uning harakatini taqdirlab Oʻz fazli, karami ila hidoyat ato etadi. Ammo, Alloh taolo haqida yolgʻon gapirgan, yaratgan xoliq shaʼniga nomaʼqul soʻz aytib turgan yolgʻonchi qanday qilib bu ulugʻ mukofotga sazovor boʻlsin? Oʻzining Robbini, Uning yagonaligini rad etib, faqat Unga sigʻinish lozimligini inkor qilib turgan kofir bu oliymaqom mukofotga qanday sazovor boʻlsin?!

Keyingi oyatda mushriklarning, bizni bu xudolarimiz Allohga yaqinlashtiradi, shuning uchun ularni Allohga sherik qilamiz, degan gaplarining tuturiqsiz ekanligi fosh etiladi.