QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят4

لَّوْ أَرَادَ ٱللَّهُ أَن يَتَّخِذَ وَلَدًا لَّٱصْطَفَىٰ مِمَّا يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ ۖ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh bola tutishni istasa, albatta, O`zi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi. U zot pokdir. Alloh yagona Qahhordir (ya'ni, Qahhorligidan butun olamni O`ziga bo`ysundirib va yakka O`zi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas).Агар Аллоҳ бола тутишни истаса, албатта, Ўзи яратган нарсалардан хоҳлаганини танлаб олар эди. У зот покдир. Аллоҳ ягона Қаҳҳордир (яъни, Қаҳҳорлигидан бутун оламни Ўзига бўйсундириб ва якка Ўзи идора қилиб туради. Бу ишида У ҳеч қандай шерикка, ёрдамчига муҳтож эмас).Alauddin Mansour: Agar Alloh bola-chaqa tutishni istasa, soʻzsiz Oʻzi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan boʻlur edi. U zot (bunday aybdan) pokdir. U yakkayu yagona va gʻolib Allohdir.Агар Аллоҳ бола-чақа тутишни истаса, сўзсиз Ўзи яратган нарсаларидан хоҳлаганини танлаб олган бўлур эди. У зот (бундай айбдан) покдир. У яккаю ягона ва ғолиб Аллоҳдир.

458-sahifa · 23-juz · 46-hizb458-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّوْagarагарأَرَادَistasaистасаٱللَّهُAllohАллоҳأَن-ni-ниيَتَّخِذَtutishniтутишниوَلَدًۭاbolaболаلَّٱصْطَفَىٰalbatta, tanlab olar ediалбатта, танлаб олар эдиمِمَّاnarsalardanнарсаларданيَخْلُقُOʻzi yaratganЎзи яратганمَاnarsaniнарсаниيَشَآءُ ۚxohlaganхоҳлаганسُبْحَـٰنَهُۥ ۖU zot pokdirУ зот покдирهُوَUУٱللَّهُAllohdirАллоҳдирٱلْوَٰحِدُyakkaяккаٱلْقَهَّارُoʻta qahrliўта қаҳрли
TafsirТафсир

(yaʼni, Qahhorligidan butun olamni Oʻziga boʻysundirib va yakka Oʻzi idora qilib turadi. Bu ishida U hech qanday sherikka, yordamchiga muhtoj emas). Bu oyatning birinchi jumlasida farazan aytilgan maʼno bor. Faraz qilib koʻraylik: «Agar Alloh bola tutishni istasa...» U zot mushriklarning turli haykallarni yoʻnishlariga yoki boshqacha urinishlariga qarab oʻtirmas edi. Balki: «...albatta, Oʻzi yaratgan narsalardan xohlaganini tanlab olar edi». Mana shuni Oʻzimga bola qilib oldim, der edi. Shu bilan ish bitardi. Ammo Alloh taolo buni xohlamadi. U zot Oʻzi tanho boʻlishni istadi. U zot bandalari xolis Oʻziga ibodat etishini xohladi. U zot bandalari xolis Oʻziga boʻysunishlarini istadi. «U zot pokdir.» Alloh barcha ayblardan pokdir. Alloh mushriklarning Unga sherikni nisbat berishdek ayb taqashlaridan ham pokdir. «Alloh yagona Qahhordir.» U hech bir sherigi yoʻq Allohdir. U butun olamlarni Oʻziga boʻysundirib, yakka oʻzi idora qilib turadi. U oʻta qahrli Allohdir. Unga shirk keltirganlar Uning qahriga duchor boʻladilar. Uning tavhidiga shak keltiruvchilar qahriga uchraydilar.