ٱللَّهُ نَزَّلَ أَحْسَنَ ٱلْحَدِيثِ كِتَـٰبًا مُّتَشَـٰبِهًا مَّثَانِىَ تَقْشَعِرُّ مِنْهُ جُلُودُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَىٰ ذِكْرِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُدَى ٱللَّهِ يَهْدِى بِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَمَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِنْ هَادٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh eng go`zal so`zni o`xshash va takrorlangan kitob etib tushirar. Undan Robbilaridan qo`rqadiganlarning terilari titrar. So`ngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar. Ana shu, Allohning hidoyatidir. U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilar. Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yo`q.Аллоҳ энг гўзал сўзни ўхшаш ва такрорланган китоб этиб туширар. Ундан Роббиларидан қўрқадиганларнинг терилари титрар. Сўнгра уларнинг терилари ва қалблари Аллоҳнинг зикрига юмшар. Ана шу, Аллоҳнинг ҳидоятидир. У ила Аллоҳ хоҳлаган кимсани ҳидоят қилар. Кимни Аллоҳ залолатга кетказса, бас, унинг учун ҳидоят қилгувчи йўқ.Alauddin Mansour: Alloh eng goʻzal Soʻzni (oyatlari fasohat va balogʻatda) bir-biriga oʻxshagan, (ichidagi hukmlari) takror-takror kelguvchi bir Kitob — Qurʼon qilib nozil qildiki, (undagi Allohning azobi haqidagi oyatlarni tilovat qilganlarida) Parvardigorlaridan qoʻrqadigan zotlarning terilari titrab ketar, soʻngra terilari — badanlari ham, dillari ham Allohning zikriga yumshar — moyil boʻlur. Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Va kimni Alloh yoʻldan ozdirsa, bas, uning uchun biron hidoyat qilguvchi boʻlmas.Аллоҳ энг гўзал Сўзни (оятлари фасоҳат ва балоғатда) бир-бирига ўхшаган, (ичидаги ҳукмлари) такрор-такрор келгувчи бир Китоб — Қуръон қилиб нозил қилдики, (ундаги Аллоҳнинг азоби ҳақидаги оятларни тиловат қилганларида) Парвардигорларидан қўрқадиган зотларнинг терилари титраб кетар, сўнгра терилари — баданлари ҳам, диллари ҳам Аллоҳнинг зикрига юмшар — мойил бўлур. Мана шу (Китоб) Аллоҳнинг ҳидоятидирки, унга Ўзи хоҳлаган кишиларни ҳидоят қилур. Ва кимни Аллоҳ йўлдан оздирса, бас, унинг учун бирон ҳидоят қилгувчи бўлмас.
Bu oyati karimada Qurʼoni Karimning vasfi, uning moʻminlarga taʼsiri va u orqali hidoyatga erishish haqida soʻz ketmoqda.
«Alloh eng goʻzal soʻzni oʻxshash va takrorlangan kitob etib tushirar.»
Qurʼoni Karim eng goʻzal soʻzdir. Uning oyatlari goʻzallikda, purmaʼnolikda, hikmatda, toʻgʻrilikda va hukmda bir-biriga oʻxshashdir. «Takrorlanadigan» boʻlishi esa, hukmlari takror-takror keladi, hikmatlari takror-takror keladi, vaʼzlari, ogohlantirishlari, vaʼdayu tahdidlari ham takror-takror keladi. Shuningdek, suralari, oyatlari takror-takror oʻqiladi, yod olinadi, oʻrganiladi.
«Undan Robbilaridan qoʻrqadiganlarning terilari titrar.»
Allohdan qoʻrqadigan bandalar Qurʼonni oʻqiganlarida, uning tilovatlarini eshitganlarida badanlari titraydi. Undagi maʼnolardan taʼsirlanib, uni tushirgan Allohning haybatidan, Uni ulugʻlashdan qalblari titraydi.
«Soʻngra ularning terilari va qalblari Allohning zikriga yumshar.»
Bu sifat Alloh taoloning abror bandalarining sifatidir. Ular Qurʼon tilovatidan, undagi maʼnolardan juda qattiq taʼsirlanadilar. Ogohlantiruvchi, tahdid qiluvchi oyatlar kelganida xavfdan, qoʻrqinchdan badanlari titraydi, yaxshi vaʼda va rahmat oyatlari kelganida umidvorlikdan badanlari va qalblari yumshaydi, Allohning zikriga yana ham koʻproq beriladilar. Bunday boʻlishi yaxshilik alomatidir.
«Ana shu Allohning hidoyatidir.»
Qurʼondan goʻzal taʼsirlanish Allohning hidoyatidir.
«U ila Alloh xohlagan kimsani hidoyat qilur.»
Hidoyatga erishgan odam Qurʼondan taʼsirlanib, koʻngli yumshab, unga amal qilishga oʻtadi.
«Kimni Alloh zalolatga ketkazsa, bas, uning uchun hidoyat qilguvchi yoʻq.»
Unday odamning ishi chatoq!