QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят24

أَفَمَن يَتَّقِى بِوَجْهِهِۦ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ وَقِيلَ لِلظَّـٰلِمِينَ ذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Axir qiyomat kuni zolimlarga, kasb qilib yurgan narsangizni totib ko`ring, deyilganida yomon azobdan yuzi ila saqlanadigan odam (mo`min ila teng bo`larmidi)?!Ахир қиёмат куни золимларга, касб қилиб юрган нарсангизни тотиб кўринг, дейилганида ёмон азобдан юзи ила сақланадиган одам (мўмин ила тенг бўлармиди)?!Alauddin Mansour: Axir Qiyomat Kunida yomon azobdan oʻz yuzi bilan saqlanadigan kimsa (u Kundagi har qanday azobdan tinch-xotirjam kishi bilan barobar boʻlurmi)?! (U kunda) zolim-kofirlarga «Oʻzlaringiz kasb qilib oʻtgan narsani (yaʼni, dinsizlik mevasini) totib koʻringlar!», deyildi.Ахир Қиёмат Кунида ёмон азобдан ўз юзи билан сақланадиган кимса (у Кундаги ҳар қандай азобдан тинч-хотиржам киши билан баробар бўлурми)?! (У кунда) золим-кофирларга «Ўзларингиз касб қилиб ўтган нарсани (яъни, динсизлик мевасини) тотиб кўринглар!», дейилди.

461-sahifa · 23-juz · 46-hizb461-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَفَمَنaxir odamахир одамيَتَّقِىsaqlanadiganсақланадиганبِوَجْهِهِۦyuzi ilaюзи илаسُوٓءَyomonidanёмониданٱلْعَذَابِazobningазобнингيَوْمَkuniкуниٱلْقِيَـٰمَةِ ۚqiyomatқиёматوَقِيلَva deyilganidaва дейилганидаلِلظَّـٰلِمِينَzolimlargaзолимларгаذُوقُوا۟totib koʻringтотиб кўрингمَاnarsangizniнарсангизниكُنتُمْsiz yurganсиз юрганتَكْسِبُونَkasb qilibкасб қилиб
TafsirТафсир

Bu oyatda nihoyatda yomon holga tushib qolgan kofirni hech qachon moʻmin bandaga tenglashtirib boʻlmasligi haqida soʻz ketmoqda.

Qiyomat kunida zolimlarga, yaʼni, kofir va mushriklarga:

«kasb qilib yurgan narsangizni totib koʻring», deyilsa, oʻsha yomon azobdan yuzi bilan saqlanishga urinadi.

Aslida, odam yomon narsadan yuzini toʻsish bilan himoyalanadi. Asosan, yuzini qoʻli bilan toʻsishga intiladi. Bu tarz himoyalanish uchun oʻylab, reja tuzib oʻtirishning hojati yoʻq, balki beixtiyor, oʻz-oʻzidan shunday harakat qilinadi. Ammo zolim kofir va mushrik doʻzaxiylar boshlariga eng ulkan xavf-xatar–qiyomat azobi kelganida yuzlarini ham toʻsolmay qolisharkan, aksincha, oʻzlarini yuzlari bilan toʻsib himoya qilishga urinisharkan. Chunki, qoʻllari kishanlangan boʻladi. Ana shunday odamni moʻminga tenglashtirib boʻlarmidi?!