QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zumar surasi · Oyatсураси · Оят29

ضَرَبَ ٱللَّهُ مَثَلًا رَّجُلًا فِيهِ شُرَكَآءُ مُتَشَـٰكِسُونَ وَرَجُلًا سَلَمًا لِّرَجُلٍ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh bir misol keltiradir. Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir. Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir. Ikkovlarining misoli barobarmi?! Allohga hamd bo`lsin. Yo`q, ko`plari bilmaslar.Аллоҳ бир мисол келтирадир. Бир одамга талашувчи шериклар эгадир. Саломат ҳолидаги бошқа бирига бир киши эгадир. Икковларининг мисоли баробарми?! Аллоҳга ҳамд бўлсин. Йўқ, кўплари билмаслар.Alauddin Mansour: Alloh (shunday) bir misol keltirdi: bir kishi — qul borki, uning ustida talashguvchi sheriklar (yaʼni, xojalar) bor. Yana bir kishi — qul borki, u bus-butun holida bir kishi — xojanikidir. Ikkisining misoli barobar boʻlurmi?! (Yoʻq, barobar boʻlmas. Xuddi shuningdek, bir necha «xudo»larga sigʻinadigan mushrik bilan yolgʻiz Allohgagina bandalik qiladigan moʻmin ham barobar boʻlmas). Hamdu sano (yolgʻiz) Alloh uchundir. Yoʻq, ularning koʻplari bilmaslar, (bas, ana shu sababdan turli «xudo»larga sigʻinurlar).Аллоҳ (шундай) бир мисол келтирди: бир киши — қул борки, унинг устида талашгувчи шериклар (яъни, хожалар) бор. Яна бир киши — қул борки, у бус-бутун ҳолида бир киши — хожаникидир. Иккисининг мисоли баробар бўлурми?! (Йўқ, баробар бўлмас. Худди шунингдек, бир неча «худо»ларга сиғинадиган мушрик билан ёлғиз Аллоҳгагина бандалик қиладиган мўмин ҳам баробар бўлмас). Ҳамду сано (ёлғиз) Аллоҳ учундир. Йўқ, уларнинг кўплари билмаслар, (бас, ана шу сабабдан турли «худо»ларга сиғинурлар).

461-sahifa · 23-juz · 46-hizb461-саҳифа · 23-жуз · 46-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ضَرَبَkeltirurкелтирурٱللَّهُAllohАллоҳمَثَلًۭاbir misolбир мисолرَّجُلًۭاbir odamgaбир одамгаفِيهِundaундаشُرَكَآءُsheriklarшерикларمُتَشَـٰكِسُونَtalashuvchiталашувчиوَرَجُلًۭاva boshqa bir odamва бошқа бир одамسَلَمًۭاsalomat holidaсаломат ҳолидаلِّرَجُلٍbir kishiga xosбир кишига хосهَلْ-mi-миيَسْتَوِيَانِikkovlari barobarикковлари баробарمَثَلًا ۚmisoldaмисолдаٱلْحَمْدُhamdҳамдلِلَّهِ ۚAllohga boʻlsinАллоҳга бўлсинبَلْyoʻqйўқأَكْثَرُهُمْularning koʻplariуларнинг кўплариلَاemasэмасيَعْلَمُونَbilmaslarбилмаслар
TafsirТафсир

Ey odamlar, eʼtibor berib, oʻylab koʻringlar. Sizlarga:

«Alloh bir misol keltiradir».

Chunki, misol keltirilsa, masala yana ham oydinlashadi. Masalan:

«Bir odamga talashuvchi sheriklar egadir».

Bir qul bor. Unga talashib-tortishadigan, beodob sheriklar egadirlar. Oʻshalar u qulni tinmay talashadilar. Har biri unga alohida ish buyuradi, oʻziga koʻproq xizmat qilishini, koʻproq foyda keltirishini xohlaydi.

«Salomat holidagi boshqa biriga bir kishi egadir.»

Sogʻ-salomat boshqa bir qul bor, unga bir kishi egadir. Unga faqat bir kishidan buyruq keladi. U faqat bir kishini rozi qilishi kerak, xolos.

«Ikkovlarining misoli barobarmi?!»

Koʻpchilikning quli bilan bir kishining quli barobar boʻla oladimi? Albatta, barobar boʻlmaydi. Buni hamma biladi. Mushriklar ham bunga iqror boʻladilar. Mushriklarni ham bunga iqror qilgan

«Allohga hamd boʻlsin».

Bu haqiqatni hamma bilarmikan?

«Yoʻq, koʻplari bilmaslar.»

Bilmaydilar, shu boisdan ham tavhidga amal etmaydilar, yolgʻiz Allohning Oʻziga ibodat qilmaydilar. Balki Unga shirk keltiradilar. Oqibatda, bir necha xojaga qullik qilgan odamga oʻxshab, rasvoi olam boʻladilar. Ular bu haqiqatni bilmasalar, bilmasinlar. Senga xilof qilsalar, qilaversinlar. Baribir, oxir- oqibat qilmishlariga javob beradilar. Chunki, ey Muhammad: