ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عِندَ رَبِّكُمْ تَخْتَصِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni Robbingiz huzurida tortishursizlar.Сўнгра, албатта, сизлар қиёмат куни Роббингиз ҳузурида тортишурсизлар.Alauddin Mansour: Soʻngra albatta, sizlar Qiyomat Kunida Parvardigorlaringiz huzurida (bir-birlaringiz bilan) talashib-tortishursizlar (va siz oʻz zimmangizdagi paygʻambarlikni toʻla-toʻkis yetkazganingizga hujjat keltirursiz, ular esa sizni yolgʻonchi qilib, kufru zalolatda oʻtganlariga turli bahonalarni roʻkach qilurlar, ammo Allohning adolatli hukmidan qochib qutula olmaslar)!Сўнгра албатта, сизлар Қиёмат Кунида Парвардигорларингиз ҳузурида (бир-бирларингиз билан) талашиб-тортишурсизлар (ва сиз ўз зиммангиздаги пайғамбарликни тўла-тўкис етказганингизга ҳужжат келтирурсиз, улар эса сизни ёлғончи қилиб, куфру залолатда ўтганларига турли баҳоналарни рўкач қилурлар, аммо Аллоҳнинг адолатли ҳукмидан қочиб қутула олмаслар)!
Oʻlganingizdan keyin oxiratda, qiyomat qoim boʻlgach, qayta tirilib, Alloh taoloning huzurida jamlanasizlar va oʻzaro zulm, dinu dunyo ishlari boʻyicha tortishib, bir-birlaringizga daʼvo qilasizlar. Ana oʻshanda Robbingiz orangizda odil hukm chiqaradi. Bu ham Allohning tavhidi dalilidir.