۞ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن كَذَبَ عَلَى ٱللَّهِ وَكَذَّبَ بِٱلصِّدْقِ إِذْ جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga nisbatan yolg`on gapirgan va o`ziga sodiq (so`z) kelganida uni yolg`onga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?! Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!Аллоҳга нисбатан ёлғон гапирган ва ўзига содиқ (сўз) келганида уни ёлғонга чиқаргандан ҳам золимроқ кимса борми?! Кофирларнинг жойи жаҳаннамда эмасми?!Alauddin Mansour: Axir Alloh shaʼniga (Uning sherigi va bola-chaqasi bor», deb yolgʻon soʻzlagan va Rost — Qurʼonni oʻziga kelib-yetgan paytidayoq (oʻylamay-netmay) yolgʻon degan kimsadan ham zolimroq biron kimsa bormi?! Yo jahannamda kofirlar uchun joy yoʻqmi?!Ахир Аллоҳ шаънига (Унинг шериги ва бола-чақаси бор», деб ёлғон сўзлаган ва Рост — Қуръонни ўзига келиб-етган пайтидаёқ (ўйламай-нетмай) ёлғон деган кимсадан ҳам золимроқ бирон кимса борми?! Ё жаҳаннамда кофирлар учун жой йўқми?!
Oʻlimning haqligi, barcha odamlarning qiyomat kuni Alloh taolo huzurida toʻplanishi va oʻzaro tortishishlari aytilgandan soʻng, yuqoridagi va undan keyingi oyatlarda hukm chiqishi haqida soʻz ketadi. Avval kofir va mushriklardan soʻz ochiladi:
«Allohga nisbatan yolgʻon gapirgan...»
Bu sifat mushrikning sifatidir. Mushrik, Allohning sherigi bor, Allohning xotini, oʻgʻli yoki qizi bor, deb u zotga nisbatan yolgʻon gapiradi.
«...va oʻziga sodiq (soʻz) kelganida uni yolgʻonga chiqargandan ham zolimroq kimsa bormi?!»
Allohga nisbatan yolgʻon gapirib yurgan mushrikka sodiq (rost) soʻz, Qurʼon kelsa, uni yolgʻonga chiqaradi. Bu ishlari zulm ustiga zulmdir. Shu bilan mushrik dahshatli zolimga aylanadi. Dunyoda undan ham zolimroq odam bormi? Albatta, yoʻq. U zolim banda Alloh taoloning tavhidiga iymon keltirish oʻrniga, Unga shirk keltirib, eng ulkan zulmni qildi. Soʻngra, oʻziga kelgan Qurʼoni Karimdek sodiq soʻzni tasdiqlash oʻrniga, uni yolgʻon deyishgacha borib yetdi, ikki baravar zulm qildi. Albatta, bu dunyodagi eng zolim odam oʻsha boʻladi. Shunday boʻlgandan keyin:
«Kofirlarning joyi jahannamda emasmi?!»
Albatta, ularning joyi jahannamda!