وَٱلَّذِى جَآءَ بِٱلصِّدْقِ وَصَدَّقَ بِهِۦٓ ۙ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sodiq (so`z)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o`shalar taqvodorlardir.Содиқ (сўз)ни келтирган ва уни тасдиқ қилган эса, ана ўшалар тақводорлардир.Alauddin Mansour: Rost Qurʼonni keltirgan zot (yaʼni, Muhammad alayhis-salotu vas-salom) va uni tasdiq etgan (moʻminlar) — ana oʻshalar taqvodor zotlardir.Рост Қуръонни келтирган зот (яъни, Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом) ва уни тасдиқ этган (мўминлар) — ана ўшалар тақводор зотлардир.
Yaʼni, Allohning sodiq soʻzini bandalarga yetkazgan va oʻsha sodiq soʻzni tasdiqlaganlar taqvodorlardir. Qurʼoni Karimni keltirgan Muhammad sollallohu alayhi vasallam hamda boshqa barcha Paygʻambar alayhissalomlar va barcha moʻmin bandalar shu siraga kiradilar. Ular Alloh taologa taqvo etgan, Uning aytganini qilgan, qaytarganidan qaytgan bandalardir.