QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят10

إِنَّ ٱلَّذِينَ يَأْكُلُونَ أَمْوَٰلَ ٱلْيَتَـٰمَىٰ ظُلْمًا إِنَّمَا يَأْكُلُونَ فِى بُطُونِهِمْ نَارًا ۖ وَسَيَصْلَوْنَ سَعِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan bo`lurlar. Va, shubhasiz, do`zaxga kirurlar.Албатта, етимларнинг молини зулм ила еганлар қоринларида оловни еган бўлурлар. Ва, шубҳасиз, дўзахга кирурлар.Alauddin Mansour: Yetimlarning mollarini zulm yoʻli bilan yeydigan kimsalar hech shak-shubhasiz, qorinlariga olov yegan boʻlurlar. Va albatta doʻzaxga kirajaklar!Етимларнинг молларини зулм йўли билан ейдиган кимсалар ҳеч шак-шубҳасиз, қоринларига олов еган бўлурлар. Ва албатта дўзахга киражаклар!

78-sahifa · 4-juz · 8-hizb78-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларيَأْكُلُونَyeganlarеганларأَمْوَٰلَmoliniмолиниٱلْيَتَـٰمَىٰyetimlarningетимларнингظُلْمًاzulm ilaзулм илаإِنَّمَاfaqatginaфақатгинаيَأْكُلُونَyegan boʻladilarеган бўладиларفِى-da-даبُطُونِهِمْqorinlariқоринлариنَارًۭا ۖolovniоловниوَسَيَصْلَوْنَva kiradilarва кирадиларسَعِيرًۭاdoʻzaxgaдўзахга
TafsirТафсир

Oyati karimaning uslubi gʻoyatda taʼsirchanligi koʻrinib turibdi. Avvalo, kim yetimlarning mollarini zulm ila yesa, qiyomatda qorinlaridagi u narsa olovga aylanadi.

«Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan boʻlurlar».

Soʻngra, shu holda–qorinlaridagi olov alangalagan holda doʻzaxga kiradilar.

«Va, shubhasiz, doʻzaxga kirurlar».

Doʻzax alangasi ham avj olib turadi. Demak, yetim molini nohaq yegan odam ichiyu tashidan oʻt azobiga giriftor qilinadi. Naqadar dahshatli hol! Naqadar alamli!

Bu oyati karimada kelgan maʼnoni taʼkidlovchi, sharhlovchi koʻpgina hadisi shariflar bor.

Imom Buxoriy Abu Hurayradan rivoyat qilgan hadisda U zot:

«Halok etuvchi yetti narsadan chetda boʻlinglar», dedilar.

«Ular nimalar , ey, Allohning Rasuli?» deb soʻraldi. U zot:

«Allohga shirk keltirish, sehrgarlik, Alloh man qilgan jonni oʻldirish, riboxoʻrlik, yetimning molini yeyish, urush kuni qochish, moʻmina pokiza ayollarni zinoda tuhmat qilish», deb javob berdilar.

Mashhur tafsirchilardan as-Suddiy:

«Qiyomat kuni yetimning molini yegan odam ogʻzidan, quloqlaridan, burnidan va koʻzlaridan olov chiqib turgan holda tiriltiriladi. Har bir koʻrgan odam uning yetim molini yeganligini bilib oladi», deganlar.

Ibn Murdavayhi Abu Barzodan rivoyat qilgan hadisda U zot:

«Qiyomat kuni bir qavmlar ogʻizlaridan olov purkalib turgan holda tiriltiriladilar», dedilar. Odamlar:

«Ey, Allohning Rasuli, ular kimlar?» deb soʻrashdi. U zot:

«Alloh taolo: «Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar qorinlarida olovni yegan boʻladilar», deganini bilmaysanmi?» dedilar.

Imom ibn Moja Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam:

«Ikki zaifning–ayolning va yetimning molidan uzoq boʻlishingizni vasiyat qilaman», deganlar.

Albatta, bu taʼlimotlar musulmonlarga oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Ularni qattiq larzaga solgan. Ular umuman yetimlarning moliga yaqin kelishdan ham qoʻrqib qolishgan.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu bu haqda quyidagilarni aytgan:

«Albatta, yetimlarning molini zulm ila yeganlar...» oyati nozil boʻlganida, yetimlarni oʻz otaligʻiga olganlar borib, oʻz taomini ularning taomidan, ichimligini ichimligidan ajratib qoʻydi. Ortib qolgan taomlar ham to yetim oʻzi yeguncha yoki aynib qolguncha turadigan boʻldi. Yetimlarni otaliqqa olganlarga mashaqqat tugʻildi. Bu holni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga aytilgan edi, Alloh taolo «Sendan yetimlar haqida soʻraydilar...» oyatini nozil qildi».

Kelasi oyatlarda esa, meros haqidagi masalalar davom etadi: