QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят9

وَلْيَخْشَ ٱلَّذِينَ لَوْ تَرَكُوا۟ مِنْ خَلْفِهِمْ ذُرِّيَّةً ضِعَـٰفًا خَافُوا۟ عَلَيْهِمْ فَلْيَتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلْيَقُولُوا۟ قَوْلًا سَدِيدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qo`rqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qo`rqsinlar. Bas, Allohdan qo`rqsinlar va to`g`ri so`z aytsinlar.Ўзлари заифҳол зурриётларини ортдан қолдиришдан қандай қўрқсалар, (бошқалар ҳақида ҳам) шундай қўрқсинлар. Бас, Аллоҳдан қўрқсинлар ва тўғри сўз айтсинлар.Alauddin Mansour: (Birovning oʻlimiga hozir boʻlgan) kishilarning oʻzlari ojiz-notavon farzandlarini qoldirib vafot qilib ketsalar, ulardan xavotir olganlari kabi (oʻzgalarning yetimlari haqqidan ham) qoʻrqsinlar. Bas, Allohdan qoʻrqib, (oʻlim oldidagi kishiga) haq soʻzni aytsinlar!(Бировнинг ўлимига ҳозир бўлган) кишиларнинг ўзлари ожиз-нотавон фарзандларини қолдириб вафот қилиб кетсалар, улардан хавотир олганлари каби (ўзгаларнинг етимлари ҳаққидан ҳам) қўрқсинлар. Бас, Аллоҳдан қўрқиб, (ўлим олдидаги кишига) ҳақ сўзни айтсинлар!

78-sahifa · 4-juz · 8-hizb78-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلْيَخْشَva qoʻrqsinlarва қўрқсинларٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиلَوْagarагарتَرَكُوا۟qoldirsalarқолдирсаларمِنْ-dan-данخَلْفِهِمْortlariортлариذُرِّيَّةًۭzurriyotзурриётضِعَـٰفًاzaifholзаифҳолخَافُوا۟qoʻrqar edilarқўрқар эдиларعَلَيْهِمْular haqidaулар ҳақидаفَلْيَتَّقُوا۟bas, qoʻrqsinlarбас, қўрқсинларٱللَّهَAllohdanАллоҳданوَلْيَقُولُوا۟va aytsinlarва айтсинларقَوْلًۭاsoʻzсўзسَدِيدًاtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Bu oyati karimani tafsirchi ulamolarimiz ikki xil taʼviyl qilganlar. Ikkovi ham toʻgʻri. Ikkovi ham bir-birini toʻldirib, oyati karimaning maʼnosini yanada oydinlashtiradi.

Birinchi taʼviylga binoan, otasi oʻlib yetim qolgan bolalarni otaliqqa olgan odam oʻsha yetim bolalarning oʻrniga oʻz bolalarini qoʻyib tasavvur qilsin.

«Oʻzlari zaifhol zurriyotlarini ortdan qoldirishdan qanday qoʻrqsalar, (boshqalar haqida ham) shunday qoʻrqsinlar».

Goʻyo uning oʻzi vafot etib, ortida zaifhol bolalari qolganini oʻylaganda qanday qoʻrqsa, qoʻlidagi yetim bolalarga ham shunday nazar bilan qarasin, degan maʼno chiqadi. Bunda yetimlarni otaliqqa olgan kishida otalik mehrini qoʻzish bilan yetimlarga boʻlgan rahim-shafqatini ziyoda qilinmoqda. Shu bilan bir vaqtda,

«Bas, Allohdan qoʻrqsinlar va toʻgʻri soʻz aytsinlar», deb Alloh taologa taqvo qilishga ham chorlanmoqda.

Ikkinchi taʼviylga binoan, oyatdagi amr oʻlim toʻshagida yotib vasiyat qilayotgan odam oldida guvoh sifatidami yoki boshqa bir sababdanmi hozir boʻlgan kishiga qaratilgan. Agar vasiyat qiluvchi merosxoʻrlarga zarar yetkazadigan vasiyat qilsa, misol uchun, «Hamma molimni falon narsaga sarflanglar», desa, yonida turgan odam vasiyat qiluvchining ortidan qolayotgan bolalarini xuddi oʻz bolalaridek tasavvur qilsin-da, unga nasihat qilib, merosxoʻrlarga zarar keltiradigan vasiyatdan voz kechishga undasin.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilishlaricha, Paygʻambarimiz alayhissalom kasal yotgan Saʼd ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhuni koʻrgani kirdilar. Saʼd ibn Abi Vaqqos roziyallohu anhu:

«Ey, Allohning Rasuli, men moldor odamman. Bitta qizimdan boshqa merosxoʻrim yoʻq. Molimning uchdan ikkisini sadaqa qilsam, maylimi?» dedi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq», dedilar. Saʼd roziyallohu anhu:

«Yarmini-chi?» dedi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq», dedilar. Saʼd roziyallohu anhu:

«Uchdan birini-chi?» deb soʻradi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Uchdan biri mayli. Uchdan biri ham koʻp», dedilar. Soʻngra esa: «Merosxoʻrlaringni boy qoldirishing ularning kambagʻal boʻlib, odamlardan tilab yurishlaridan yaxshidir», dedilar.

Ushbu hadisi sharifga amal qilib, shariatda oʻlim oldida qilingan vasiyat uchdan birdan boshqasiga taʼsir qilmasligi hukmi joriy etilgan. Yaʼni, bir odam molining uchdan biridan koʻpini biror ishga, hatto xayrli ijobiy ishga sarflashni vasiyat qilgan boʻlsa ham, uning vasiyati faqat molning uchdan biriga oʻtadi, xolos.