QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят8

وَإِذَا حَضَرَ ٱلْقِسْمَةَ أُو۟لُوا۟ ٱلْقُرْبَىٰ وَٱلْيَتَـٰمَىٰ وَٱلْمَسَـٰكِينُ فَٱرْزُقُوهُم مِّنْهُ وَقُولُوا۟ لَهُمْ قَوْلًا مَّعْرُوفًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir bo`lsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar.Агар тақсимлашга қариндошлар, етимлар ва мискинлар ҳозир бўлсалар, уларни у(мерос)дан ризқлантиринглар ҳамда уларга яхши гаплар айтинглар.Alauddin Mansour: Meros taqsimida uzoq qarindoshlar, yetim va miskinlar ham hozir boʻlsalar, ularni ham shu merosdan bahramand qilib, yaxshi soʻzlar aytinglar.Мерос тақсимида узоқ қариндошлар, етим ва мискинлар ҳам ҳозир бўлсалар, уларни ҳам шу меросдан баҳраманд қилиб, яхши сўзлар айтинглар.

78-sahifa · 4-juz · 8-hizb78-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиحَضَرَhozir boʻlsalarҳозир бўлсаларٱلْقِسْمَةَtaqsimlashgaтақсимлашгаأُو۟لُوا۟egalariэгалариٱلْقُرْبَىٰqarindoshlikқариндошликوَٱلْيَتَـٰمَىٰva yetimlarва етимларوَٱلْمَسَـٰكِينُva miskinlarва мискинларفَٱرْزُقُوهُمbas, ularni rizqlantiringlarбас, уларни ризқлантирингларمِّنْهُundan (merosdan)ундан (меросдан)وَقُولُوا۟va aytinglarва айтингларلَهُمْulargaуларгаقَوْلًۭاgaplarгапларمَّعْرُوفًۭاyaxshiяхши
TafsirТафсир

«Taqsimlash»–merosni boʻlish uchun haqdorlar yigʻilgan majlisdir. Demak, meros taqsimlash majlisida haqdorlardan boshqa qarindoshlar ham, shuningdek, yetimlar, kambagʻal-miskinlar ham hozir boʻlishlari mumkin.

«Agar taqsimlashga qarindoshlar, yetimlar va miskinlar hozir boʻlsalar, ularni u(meros)dan rizqlantiringlar...»

Haqdorlar merosdan nasibalarini olishsa-yu, qolganlarga hech narsa tegmay qolsa, oʻksishlari, koʻngillari sinishi ehtimoli bor. Shunday noqulay holatni oʻrtadan koʻtarish uchun, oyatning hukmiga koʻra, merosxoʻrlar biror narsani ajratib, haligi kishilarga berib, ularni ham sevintirishlari lozim. Ayni chogʻda, ularga shirin muomalada boʻlib, yaxshi soʻzlar aytish buyurilmoqda.

«...hamda ularga yaxshi gaplar aytinglar».

Bu ham qarindoshlik va insoniy aloqalar rishtasini mustahkamlashning bir yoʻlidir.