QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят7

لِّلرِّجَالِ نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ وَلِلنِّسَآءِ نَصِيبٌ مِّمَّا تَرَكَ ٱلْوَٰلِدَانِ وَٱلْأَقْرَبُونَ مِمَّا قَلَّ مِنْهُ أَوْ كَثُرَ ۚ نَصِيبًا مَّفْرُوضًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bo`lsin, ko`p bo`lsin — farz qilingan nasibadir.Ота-оналар ва қариндошлар қолдирган нарсада эркакларнинг насибаси бор. Ота-оналар ва қариндошлар қолдирган нарсада аёлларнинг насибаси бор. У оз бўлсин, кўп бўлсин — фарз қилинган насибадир.Alauddin Mansour: Erkaklar uchun ota-onalar va qarindosh-urugʻlari qoldirib ketgan merosdan ulush bordir. Ayollar uchun ham ota-onalari va qarindosh-urugʻlari qoldirib ketgan merosdan ulush bordir. Bu ulushlar ozmi-koʻpligidan (qatʼiy nazar) farz qilingan haqlardandir.Эркаклар учун ота-оналар ва қариндош-уруғлари қолдириб кетган меросдан улуш бордир. Аёллар учун ҳам ота-оналари ва қариндош-уруғлари қолдириб кетган меросдан улуш бордир. Бу улушлар озми-кўплигидан (қатъий назар) фарз қилинган ҳақлардандир.

78-sahifa · 4-juz · 8-hizb78-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِّلرِّجَالِerkaklargaэркакларгаنَصِيبٌۭnasiba borнасиба борمِّمَّاnarsadanнарсаданتَرَكَqoldirganқолдирганٱلْوَٰلِدَانِota-onalarота-оналарوَٱلْأَقْرَبُونَva qarindoshlarва қариндошларوَلِلنِّسَآءِva ayollargaва аёлларгаنَصِيبٌۭnasiba borнасиба борمِّمَّاnarsadanнарсаданتَرَكَqoldirganқолдирганٱلْوَٰلِدَانِota-onalarота-оналарوَٱلْأَقْرَبُونَva qarindoshlarва қариндошларمِمَّاnarsadanнарсаданقَلَّoz boʻlsaоз бўлсаمِنْهُundanунданأَوْyokiёкиكَثُرَ ۚkoʻp boʻlsaкўп бўлсаنَصِيبًۭاnasibadirнасибадирمَّفْرُوضًۭاfarz qilinganфарз қилинган
TafsirТафсир

Islomdan oldingi tuzumlarda, jumladan, Arabiston yarim orolidagi johiliy tuzumda yosh bolalar va ayollar meros olish haqqidan mahrum edilar. Johiliy arablar hukmi boʻyicha, merosga faqat siloh olib, dushmanga qarshi urusha oladigan, yaʼni, voyaga yetgan er kishilar haqli edi, xolos. Qolganlar, jumladan, yosh bolalar va ayollar bunga loyiq emasdi. Islom merosni erkak boʻlsin, ayol boʻlsin, katta boʻlsin, kichik boʻlsin, qarindoshlik haqqi, deb eʼlon qildi. Ular merosni qarindoshlik martabalariga qarab, shariat hukmi boʻyicha, kimga qancha koʻrsatilgan boʻlsa, oʻshanchadan boʻlib olishadi. Bu hol oilani va qarindosh-urugʻchilik rishtalarini mustahkamlashning bir yoʻlidir. Chunki qarindoshlar, Islom hukmiga koʻra, bir-birlariga qiyin holatlarda ham yordam berishga majburlar. Misol uchun, bir odam boshqasini xato bilan, bilmasdan oʻldirib qoʻysa, xun toʻlaydi. Oʻzining moli xunga yetmasa, ota tarafdan boʻlgan qarindoshlardan ham olinadi. Shunga oʻxshash boshqa holatlar ham bor. Shu eʼtibordan qarindoshlar meros olishi ayni adolatdir. Farzandlar esa, oʻsha ota yoki ona sababidan dunyoga kelganlar. Ularni boqish, tarbiya qilish ota-onaning burchidir. Mabodo, ular vafot etsalar, bolalari meros olishi zaruriydir. Ushbu oyatda erkaklar bilan bir qatorda ayollar ham ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan merosdan nasibador ekanliklari taʼkidlanmoqda.

«Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor».

Bu, Islomning ayollarga bundan oʻn toʻrt asr ilgari bergan katta huquqidir. Bunda ayol kishining ham erkak kishi kabi inson ekanligini anglatuvchi ulkan maʼno bor.

Ibn Murdavayhi Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilishicha, Ummu Kahha ismli sahobiya ayol Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, mening sakkizta qizim bor, otalari oʻlib qoldi. Ularning hech narsasi yoʻq. Otalarining qarindoshlari merosni qizlarimga berishmayapti», deganida, Alloh taolo yuqoridagi oyati karimani tushirgan ekan. Mana shu hadisning oʻzi ham bu hukm qanchalik adolatli ekanini koʻrsatib turibdi.

«U oz boʻlsin, koʻp boʻlsin–farz qilingan nasibadir».

Yaʼni, merosga ozgina narsa qolibdi, hech narsaga arzimaydi, falonchi olib qoʻyaversin, deyilmaydi. Ozmi, koʻpmi, baribir, Alloh taʼlim berganidek boʻlish kerak. Bu, Alloh taolo farz qilgan narsadir.