QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят6

وَٱبْتَلُوا۟ ٱلْيَتَـٰمَىٰ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغُوا۟ ٱلنِّكَاحَ فَإِنْ ءَانَسْتُم مِّنْهُمْ رُشْدًا فَٱدْفَعُوٓا۟ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَآ إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَن يَكْبَرُوا۟ ۚ وَمَن كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ ۖ وَمَن كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِٱلْمَعْرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَٰلَهُمْ فَأَشْهِدُوا۟ عَلَيْهِمْ ۚ وَكَفَىٰ بِٱللَّهِ حَسِيبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o`z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo`lib qolishidan qo`rqib shoshilib yemang. Boy bo`lganlar iffatli bo`lsinlar. Kim kambag`al bo`lsa, to`g`rilik bilan yesin. Ularga o`z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning O`zi kifoya qilur.Етимларни то никоҳ(ёши)га етгунларича синаб туринглар. Агар уларнинг эс-ҳуши жойида эканини билсангиз, уларга ўз молларини топширинг. У молларни исроф ила ва эгаларининг катта бўлиб қолишидан қўрқиб шошилиб еманг. Бой бўлганлар иффатли бўлсинлар. Ким камбағал бўлса, тўғрилик билан есин. Уларга ўз молларини топшираётганингизда гувоҳлар келтиринг. Ҳисобчиликка Аллоҳнинг Ўзи кифоя қилур.Alauddin Mansour: Yetimlarni to balogʻat yoshiga yetgunlaricha imtihon qilib (tekshirib) turinglar. Agar ularning es-hushlari joyida ekanini koʻrsangiz, mollarini oʻzlariga topshiringlar. U mollarni isrof qilib va (egalari) katta boʻlib qolmasin, deb shoshilib yeb qoʻymanglar. (Yetimni otaliqqa olgan kishi) agar boy boʻlsa, (yetimning molidan) parhez qilsin. Bordiyu kambagʻal boʻlsa, yaxshilik bilan (yaʼni, qilgan xizmatiga yarasha) olib yesin. Mol-mulklarini oʻzlariga qaytarganingizda esa guvoh keltiringlar. Allohning Oʻzi yetarli hisob-kitob qilguvchidir.Етимларни то балоғат ёшига етгунларича имтиҳон қилиб (текшириб) туринглар. Агар уларнинг эс-ҳушлари жойида эканини кўрсангиз, молларини ўзларига топширинглар. У молларни исроф қилиб ва (эгалари) катта бўлиб қолмасин, деб шошилиб еб қўйманглар. (Етимни оталиққа олган киши) агар бой бўлса, (етимнинг молидан) парҳез қилсин. Бордию камбағал бўлса, яхшилик билан (яъни, қилган хизматига яраша) олиб есин. Мол-мулкларини ўзларига қайтарганингизда эса гувоҳ келтиринглар. Аллоҳнинг Ўзи етарли ҳисоб-китоб қилгувчидир.

77-sahifa · 4-juz · 8-hizb77-саҳифа · 4-жуз · 8-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱبْتَلُوا۟va sinab turinglarва синаб турингларٱلْيَتَـٰمَىٰyetimlarniетимларниحَتَّىٰٓtoтоإِذَاqachonkiқачонкиبَلَغُوا۟yetgunlarichaетгунларичаٱلنِّكَاحَnikoh (yoshiga)никоҳ (ёшига)فَإِنْbas, agarбас, агарءَانَسْتُمbilsangizбилсангизمِّنْهُمْulardaулардаرُشْدًۭاesi-hushi joyida ekaniniэси-ҳуши жойида эканиниفَٱدْفَعُوٓا۟bas, topshiringбас, топширингإِلَيْهِمْulargaуларгаأَمْوَٰلَهُمْ ۖoʻz mollariniўз моллариниوَلَاva emasва эмасتَأْكُلُوهَآularni yenglarуларни енгларإِسْرَافًۭاisrof ilaисроф илаوَبِدَارًاva shoshilibва шошилибأَن-dan qoʻrqib-дан қўрқибيَكْبَرُوا۟ ۚkatta boʻlib qolishlariкатта бўлиб қолишлариوَمَنva kimва кимكَانَboʻlsaбўлсаغَنِيًّۭاboyбойفَلْيَسْتَعْفِفْ ۖiffatli boʻlsinиффатли бўлсинوَمَنva kimва кимكَانَboʻlsaбўлсаفَقِيرًۭاkambagʻalкамбағалفَلْيَأْكُلْyesinесинبِٱلْمَعْرُوفِ ۚtoʻgʻrilik bilanтўғрилик биланفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиدَفَعْتُمْtopshirayotganingizdaтопшираётганингиздаإِلَيْهِمْulargaуларгаأَمْوَٰلَهُمْoʻz mollariniўз моллариниفَأَشْهِدُوا۟bas, guvohlar keltiringбас, гувоҳлар келтирингعَلَيْهِمْ ۚulargaуларгаوَكَفَىٰva kifoya qilurва кифоя қилурبِٱللَّهِAllohning oʻziАллоҳнинг ўзиحَسِيبًۭاhisobchilikkaҳисобчиликка
TafsirТафсир

Bu oyati karima yetim balogʻatga yetib, es-hushini taniganda, darhol unga molini topshirish zarurligini, ularning molini isrof qilmaslik, otaliqka olganlar tomonidan, bu balogʻatga yetsa, molini qaytarib berishim kerak boʻladi, deb shoshilib yeb qoʻymaslik, agar otaliqqa olgan odam boy boʻlsa, yetimning moli masalasida iffatli boʻlish zarurligi, kambagʻal boʻlsa, maʼlum chegarada yeyishiga ruxsat borligi va yetimga molini topshirayotganda guvohlar oldida topshirish kabi fiqhiy amallarni bayon qilmoqda.

«Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar».

Demak, otaliqqa olgan odam yetim bola balogʻat yoshiga yaqinlashganda ularni sinab, tekshirib va holatlarini sinchiklab kuzatib turishi lozim. Yosh bolalarning nikoh–balogʻat yoshiga yetganini bilishning shariatda bayon qilingan alomatlari bor. Qiz bolalar hayz koʻrsalar, balogʻatga yetgan sanaladilar. Oʻqil bolalarning balogʻatga yetganining asosiy belgisi ehtilom boʻlishidir. Yaʼni, uyqusida bulgʻanishidir. Inson balogʻatga yetishi bilan toʻla masʼuliyatli–mukallaf boʻladi, yaʼni, shariat takliflarini amalga oshirishi lozim boʻlgan shaxsga aylanadi. Shu kundan eʼtiboran oʻzi sodir qilgan ishlarga oʻzi javobgar boʻladi. Shu bilan birga, katta odamlarga berilgan huquqlardan foydalanishga, jumladan, oʻz molini oʻzi sarflash huquqiga ega boʻladi.

Ammo, otaliqqa olganlar yetim bolada balogʻatga yetganlik alomati paydo boʻlishi bilan darrov unga molni topshirib qoʻymaydilar. Balki, unda molni toʻgʻri tasarruf qilish qobiliyati bormi, esi- hushi joyidami–sinab koʻrishlari lozim. Buni bilib olish uncha qiyin emas. Bu borada har bir jamoaning oʻziga yarasha tajribasi, alomat-belgilari bor. Qachonki yetim bola balogʻatga yetishi bilan unda molu mulk tasarrufida es-hush, qobiliyat borligi anglab yetilsa, darhol unga moli topshiriladi. Bu narsa oyatdagi:

«Agar ularning esi-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga oʻz mollarini topshiring», degan jumlada bayon qilingan.

Yetimni otaliqqa olgan shaxs uning molini ham vaqtincha olib turadi. Baʼzi kishilar «Men yetimni otaliqqa olganimdan keyin molini nima qilsam, oʻzim bilaman» deb yoki «Bu balogʻatga yetsa, molini qaytarib berishim kerak ekan, undan koʻra u balogʻatga yetguncha tezroq molini yeb qoʻyay» deyishi mumkin. Alloh taolo bu oyatda shunday tasarruflarni qaytarib:

«U mollarni isrof ila va egalarining katta boʻlib qolishidan qoʻrqib, shoshilib yemang», demoqda.

Demak, yetimni otaliqqa olganlar uchun asosiy hukm yetimlarning molidan yemaslik. Ammo otaliqqa oluvchilarning holi ham har xil boʻladi–baʼzilari boy, oʻziga toʻq, boshqalari kambagʻal, muhtoj. Buni eʼtiborga olib, oyatda boyga alohida, kambagʻalga alohida hukm bayon qilingan:

«Boy boʻlganlar iffatli boʻlsinlar. Kim kambagʻal boʻlsa, toʻgʻrilik bilan yesin!»

Boy odam oʻziga yetarli moli boʻlgani, hojati tushmagani uchun iffat qilib, oʻzini shubhali narsadan uzoq tutgani maʼqul. Yetimlarni otaliqqa olgani, ularning mol-mulkini saqlagani, parvarishlagani uchun ajru savobini oladi. Agar otaliqqa oluvchi shaxs kambagʻal boʻlsa-chi? Unda, parvarishdagi yetimning molidan yaxshilik– toʻgʻrilik bilan foydalanishiga ruxsat bor. Bu narsa unga xizmati uchun haq oʻrnida oʻtadi. Buni quyidagi rivoyat ham tasdiqlaydi.

Imom Abu Dovud va imom Nasaiylar qilgan rivoyatda aytilishicha, bir kishi Paygʻambarimiz alayhissalomning huzurlariga kelib:

«Qaramogʻimda bir yetim bor. Uning moli bor, meniki yoʻq. Uning molidan yesam boʻladimi?» deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Isrof qilmasdan, toʻgʻrilik bilan yegin», dedilar.

Imom Molik rivoyat qilishlaricha, bir sahroyi arab Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuning oldilariga kelib:

«Qaramogʻimda yetimlar bor. Ularning tuyalari bor, mening esa bittagina tuyam bor, xolos. Men oʻz tuyamning sutidan kambagʻallarga berib turaman. Yetimlarning tuyalari sutidan menga nima halol boʻladi?» deb soʻradi. Abdulloh ibn Abbos:

«Agar yoʻqolganda topib kelsang, qoʻtiriga qarasang, havzini tuzatib tursang va ularni boqayotgan boʻlsang, nasliga zarar keltirmay sutidan ich. Ammo ularni sogʻib olishingdan qaytaraman», dedilar.

Shu taʼlimotlardan kelib chiqib, otaliqqa olgan odam yetimning molidan muhtoj boʻlganda hojatini qoplaguncha yesa boʻladi, deyiladi.

Oyatning soʻngida yana bir nozik, zaruriy hukm bayon etilgan:

«Ularga oʻz mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring».

Mol oldi-berdisi juda ham nozik ish. Unda birovning haqiga xiyonat boʻlishi ehtimoli kuchli. Shuning uchun ham, Islomda bunday ishlarni hujjat-dalil bilan, adolatli guvohlar ishtirokida amalga oshirish taʼkidlanadi. Shunday qilinsa, birovning haqiga xiyonat ehtimoli yoʻqoladi, biror kelishmovchilik chiqsa ham, guvohlar haqiqatni (adolatni) oʻrnatishda yordam beradilar.

Oyatning soʻngida

«Hisobchilikka Allohning Oʻzi kifoya qilur» jumlasining kelishi esa, bu ishlarda doimo Allohdan qoʻrqib turish lozimligini uqtiradi.

Kelasi oyatda yana ayollar va yosh bolalarning haq-huquqlari himoyasi haqidagi hukmlar keltiriladi: