QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят100

۞ وَمَن يُهَاجِرْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يَجِدْ فِى ٱلْأَرْضِ مُرَٰغَمًا كَثِيرًا وَسَعَةً ۚ وَمَن يَخْرُجْ مِنۢ بَيْتِهِۦ مُهَاجِرًا إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ثُمَّ يُدْرِكْهُ ٱلْمَوْتُ فَقَدْ وَقَعَ أَجْرُهُۥ عَلَى ٱللَّهِ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim Allohning yo`lida hijrat qilsa, yer yuzida ko`pgina panohgohlar va kengchilik topadir. Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, so`ngra unga o`lim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.Ким Аллоҳнинг йўлида ҳижрат қилса, ер юзида кўпгина паноҳгоҳлар ва кенгчилик топадир. Ким уйидан Аллоҳ ва Расулга ҳижрат қилиб чиқса-ю, сўнгра унга ўлим етса, албатта, унинг ажри Аллоҳ зиммасига тушадир. Ва Аллоҳ мағфират қилувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Kim Alloh yoʻlida hijrat qilsa, Yer yuzida koʻp panoh boʻlgudek joylarni va kengchilikni topgay. Kim uyidan Alloh va Uning paygʻambari sari muhojir boʻlib chiqib, soʻng (shu yoʻlda) unga oʻlim yetsa, muhaqqaqki uning ajri-mukofoti Allohning zimmasiga tushar. Alloh magʻfiratli, mehribon boʻlgan Zotdir.Ким Аллоҳ йўлида ҳижрат қилса, Ер юзида кўп паноҳ бўлгудек жойларни ва кенгчиликни топгай. Ким уйидан Аллоҳ ва Унинг пайғамбари сари муҳожир бўлиб чиқиб, сўнг (шу йўлда) унга ўлим етса, муҳаққақки унинг ажри-мукофоти Аллоҳнинг зиммасига тушар. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибон бўлган Зотдир.

94-sahifa · 5-juz · 10-hizb94-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَمَنva kimва кимيُهَاجِرْhijrat qilsaҳижрат қилсаفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингيَجِدْtopadiтопадиفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаمُرَٰغَمًۭاpanohgohlarпаноҳгоҳларكَثِيرًۭاkoʻpginaкўпгинаوَسَعَةًۭ ۚva kengchilikва кенгчиликوَمَنva kimва кимيَخْرُجْchiqsaчиқсаمِنۢ-dan-данبَيْتِهِۦuyidanуйиданمُهَاجِرًاhijrat qilibҳижрат қилибإِلَى-ga-гаٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦva Rasuligaва Расулигаثُمَّsoʻngraсўнграيُدْرِكْهُunga yetsaунга етсаٱلْمَوْتُoʻlimўлимفَقَدْbas, albattaбас, албаттаوَقَعَtushdi (vojib boʻldi)тушди (вожиб бўлди)أَجْرُهُۥuning ajriунинг ажриعَلَىzimmasigaзиммасигаٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳغَفُورًۭاmagʻfirat qiluvchiмағфират қилувчиرَّحِيمًۭاrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Ushbu oyatda hijrat qilishga targʻib–qiziqtirish bor. Bu ulugʻ ishga kishilarni maʼnaviy jihatdan tayyorlash, koʻngillariga kelishi mumkin boʻlgan baʼzi xayollarni koʻtarish bor. Hijrat–dinu diyonatni deb, vatanni tark etishdir. Kishilar oʻzlaricha, vatandan uzoqda boʻlgan shaxs xavf-xatarda qoladi, rizquroʻzi qiyiladi, degan fikrda boʻladilar. Demak, ular tinchlik-omonlik va rizq-roʻzni yashash joyga bogʻliq deb tushunadilar. Bu esa, musulmonlikka hech toʻgʻri kelmaydigan notoʻgʻri fikrdir. Ana shu notoʻgʻri fikrni kishilar xayolidan koʻtarish uchun bu oyatda:

«Kim Allohning yoʻlida hijrat qilsa, yer yuzida koʻpgina panohgohlar va kenglik topadir», deyilmoqda.

Alloh taolo hech qachon Oʻzining yoʻlida hijrat qilgan bandasini chorasiz holda tashlab qoʻymaydi. Unga xavf-xatarlardan asraydigan panohgohlar ato qiladi va rizqini keng qilib qoʻyadi. Koʻpgina kishilar hijratdan keyin oliy darajalarga, keng rizq-larga erishgani tajribadan maʼlum. Odamlarni hijratdan toʻsib turadigan narsalardan biri oʻlimdan qoʻrqishdir. Aslida esa, avval oʻtgan oyatlarda taʼkidlanganidek, oʻlim joy tanlamaydi. Vaqti-soati yetganda, muhojir ham, muqim ham oʻlaveradi. Ammo, u oʻlim bilan bu oʻlimning farqi bor. Muhojirlikda oʻlishning baxtiga nima yetsin!

«Kim uyidan Alloh va Rasulga hijrat qilib chiqsa-yu, soʻngra unga oʻlim yetsa, albatta, uning ajri Alloh zimmasiga tushadir. Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir».

Bundan ortiq yana nima kerak? Sof niyat bilan yoʻlga chiqsa boʻldi. Muhojirlar safidan oʻrin oladi. Mabodo, yoʻlda ajali yetib oʻlib qolsa, muhojir sifatida oʻladi. Shuning uchun, faqat Allohning yoʻlida va Paygʻambarning yoʻlida hijratni niyat qilib chiqish kerak.

Imom Buxoriy va imom Muslimlar hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz alay- hissalom:

«Ishlar niyatga bogʻliqdir. Har bir odamga niyat qilgani beriladi. Kimning hijratdan niyati Allohga va Uning Rasuliga boʻlsa, uning hijrati Allohga va Rasuliga boʻladi. Kimning hijratdan niyati dunyo uchun boʻlsa, unga erishadi yoki ayol uchun boʻlsa, unga uylanadi. Nima uchun hijrat qilsa, oʻshanga yetishadi», deganlar.

Yuqoridagi oyatlarda jihod va hijrat zikr qilindi. Odatda bu ikki ish ham safarga bogʻliq boʻladi. Tabiiyki, safar sharoiti muqimlik sharoitidan boshqachadir. Xoʻsh, bunday holda ibodatlar qanday ado etiladi. Quyidagi oyatda safarda namozni qanday ado etish haqida soʻz ketadi: