فَأُو۟لَـٰٓئِكَ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَعْفُوَ عَنْهُمْ ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ عَفُوًّا غَفُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va mag`firat qiluvchi Zotdir.Ана ўшалар, шоядки, Аллоҳ уларни афв этса. Зотан, Аллоҳ афв этувчи ва мағфират қилувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Bundaylarni shoyad Alloh avf etsa. Zotan, Alloh afv etguvchi, magʻfirat qilguvchi boʻlgan Zotdir.Бундайларни шояд Аллоҳ авф этса. Зотан, Аллоҳ афв этгувчи, мағфират қилгувчи бўлган Зотдир.
Demak, dini va iymoni xavf-xatarda qolgan har bir musulmon dunyoviy manfaatlaridan koʻz yumib, dinu diyonatini saqlash maqsadida tinch-omon joyga hijrat qilmoqi farzdir. Bu hijrat faqat zaifhol chollar, kampirlar, ayollar va bolalarga farz boʻlmaydi.
«Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, hiylaga qodir boʻlmagan, yoʻlni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno».
Ularning bechoraligini eʼtiborga olib, hukm yengillashtirilgan. Ularni umidvorlik rishtalari ila bogʻlanadi.
«Ana oʻshalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi Zotdir».
Yana hijrat masalasi davom etadi. Kelasi oyatda Allohning yoʻlidagi hijratning fazli haqida soʻz ketadi: