إِلَّا ٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلرِّجَالِ وَٱلنِّسَآءِ وَٱلْوِلْدَٰنِ لَا يَسْتَطِيعُونَ حِيلَةً وَلَا يَهْتَدُونَ سَبِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, biron choraga qodir bo`lmagan, yo`lni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno.Фақат эркаклар, аёллар ва болалардан иборат, бирон чорага қодир бўлмаган, йўлни топа олмаган бечораларгина бундан мустасно.Alauddin Mansour: Faqat biron chora topishga qodir boʻlmay, hijrat yoʻlini istab topa olmay chorasiz qolgan kishilar, ayollar va bolalar bor.Фақат бирон чора топишга қодир бўлмай, ҳижрат йўлини истаб топа олмай чорасиз қолган кишилар, аёллар ва болалар бор.
Demak, dini va iymoni xavf-xatarda qolgan har bir musulmon dunyoviy manfaatlaridan koʻz yumib, dinu diyonatini saqlash maqsadida tinch-omon joyga hijrat qilmoqi farzdir. Bu hijrat faqat zaifhol chollar, kampirlar, ayollar va bolalarga farz boʻlmaydi.
«Faqat erkaklar, ayollar va bolalardan iborat, hiylaga qodir boʻlmagan, yoʻlni topa olmagan bechoralargina bundan mustasno».
Ularning bechoraligini eʼtiborga olib, hukm yengillashtirilgan. Ularni umidvorlik rishtalari ila bogʻlanadi.
«Ana oʻshalar, shoyadki, Alloh ularni afv etsa. Zotan, Alloh afv etuvchi va magʻfirat qiluvchi Zotdir».
Yana hijrat masalasi davom etadi. Kelasi oyatda Allohning yoʻlidagi hijratning fazli haqida soʻz ketadi: