QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят97

إِنَّ ٱلَّذِينَ تَوَفَّىٰهُمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ ظَالِمِىٓ أَنفُسِهِمْ قَالُوا۟ فِيمَ كُنتُمْ ۖ قَالُوا۟ كُنَّا مُسْتَضْعَفِينَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ قَالُوٓا۟ أَلَمْ تَكُنْ أَرْضُ ٱللَّهِ وَٰسِعَةً فَتُهَاجِرُوا۟ فِيهَا ۚ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ مَأْوَىٰهُمْ جَهَنَّمُ ۖ وَسَآءَتْ مَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`ziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «Nima qilayotgan edinglar?» derlar. Ular: «Er yuzida bechora edik», derlar. «Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz bo`lmasmidi?!» derlar. Ana o`shalarning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy!Ўзига зулм қилувчи ҳолида жони олинаётганларга фаришталар: «Нима қилаётган эдинглар?» дерлар. Улар: «Ер юзида бечора эдик», дерлар. «Аллоҳнинг ери кенг эди-ку, ҳижрат қилсангиз бўлмасмиди?!» дерлар. Ана ўшаларнинг жойи жаҳаннамдир. У қандай ҳам ёмон жой!Alauddin Mansour: Albatta, (musulmonlar bilan birga hijrat qilmasdan kofirlar qoʻl ostida yashashga rozi boʻlish bilan) oʻz jonlariga jabr qilgan kimsalarning jonlarini olish chogʻida farishtalar ularga: «Qanday holda yashadingiz?», deganlarida: «Biz bu Yerda chorasiz bechoralar edik», dedilar. (Shunda farishtalar): «Hijrat qilsanglar Allohning Yeri keng edi-ku?! (Nega dinu iymonlaringiz yoʻlida bu yurtdan hijrat qilmadinglar?)», deyishdi. Bundaylarning jonlari jahannamdir. Qanday yomon joydir u!Албатта, (мусулмонлар билан бирга ҳижрат қилмасдан кофирлар қўл остида яшашга рози бўлиш билан) ўз жонларига жабр қилган кимсаларнинг жонларини олиш чоғида фаришталар уларга: «Қандай ҳолда яшадингиз?», деганларида: «Биз бу Ерда чорасиз бечоралар эдик», дедилар. (Шунда фаришталар): «Ҳижрат қилсанглар Аллоҳнинг Ери кенг эди-ку?! (Нега дину иймонларингиз йўлида бу юртдан ҳижрат қилмадинглар?)», дейишди. Бундайларнинг жонлари жаҳаннамдир. Қандай ёмон жойдир у!

94-sahifa · 5-juz · 10-hizb94-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimsalarкимсаларتَوَفَّىٰهُمُjonlarini oladiжонларини оладиٱلْمَلَـٰٓئِكَةُfarishtalarфаришталарظَالِمِىٓzulm qiluvchi holdaзулм қилувчи ҳолдаأَنفُسِهِمْoʻzlarigaўзларигаقَالُوا۟derlarдерларفِيمَne holdaне ҳолдаكُنتُمْ ۖedingizэдингизقَالُوا۟derlarдерларكُنَّاedikэдикمُسْتَضْعَفِينَbechora (ezilgan)бечора (эзилган)فِى-da-даٱلْأَرْضِ ۚyer yuzidaер юзидаقَالُوٓا۟derlarдерларأَلَمْemasmidiэмасмидиتَكُنْediэдиأَرْضُyeriериٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَٰسِعَةًۭkengкенгفَتُهَاجِرُوا۟hijrat qilsangizҳижрат қилсангизفِيهَا ۚundaундаفَأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarningана ўшаларнингمَأْوَىٰهُمْjoyiжойиجَهَنَّمُ ۖjahannamdirжаҳаннамдирوَسَآءَتْva qanday yomonва қандай ёмонمَصِيرًاborar joyборар жой
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada

«Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlar», deb vasf qilingan kishilar maʼlum bir toifadir. Ular oʻzlari boʻlmasa-da, molu mulklarini asrab qolish uchun va boshqa manfaatlarini koʻzlab, hijratning qiyinchiliklaridan qochib, kofirlar ichida qolib ketgan kishilardir. Ularni Alloh taolo «oʻziga zulm qiluvchilar» deb sifatlamoqda.

Bu haqda Ibn Abi Hotim Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagicha rivoyat qiladilar:

«Islomni qabul qilgan baʼzi makkaliklar bor edi, ular musulmonliklarini yashirib yurar edilar. Mushriklar ularni oʻzlari bilan Badr urushiga olib chiqdilar. Baʼzilari urushda oʻldi. Shunda musulmonlar: «Ular bizning birodarlarimiz, musulmon edilar, urushga majburan olib chiqildilar, ularga istigʻfor aytib, gunohlarining kechirilishini soʻraylik», dedilar. Shunda Alloh «Oʻzlariga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga...» oyatini nozil qildi.

Oyatning nozil boʻlish sababi maʼlum odamlarga xos boʻlsa ham, uning hukmi umumiydir. Kim musulmon boʻlaturib, diniy amallarini qilishga imkoni yoʻq kofir-mushrik jamiyatdan hijrat qilib chiqmasdan, ular bilan yashab qolsa, oʻzining joniga zulm qilgan boʻladi. Hamda:

«Oʻziga zulm qiluvchi holida joni olinayotganlarga farishtalar: «nima qilayotgan edinglar?» derlar.

Albatta, ular oʻzlarining jonlarini olayotgan farishtalar ularga bunday savolni berishlarini avvaldan kutgan boʻladilar. Chunki, qilgan ishlarining notoʻgʻriligini oʻzlari ham sezardilar. Oʻzlarining ojizona fikrlari ila tayyorlagan javoblari:

«Yer yuzida bechora edik», deyishdir. Aslida, ular bechora emas edilar. Ularning choralari bor edi. Farishtalar:«Allohning yeri keng edi-ku, hijrat qilsangiz boʻlmasmidi?» deydilar.

Darhaqiqat, ularga oʻxshagan boshqalar Allohning yoʻlida hijrat qildilar, mashaqqat tortdilar, manfaatlaridan, molu mulklaridan kechdilar va vatanlaridan ayrildilar. Ular esa, buni qilishmadi. Shuning uchun ham:

«Ana oʻshalarning joyi jahannamdadir. U qanday ham yomon joy!»

Kelasi oyatda haqiqiy bechoralarga bu hukm joriy boʻlmasligi va ularning kim ekanligi bayon qilinadi: