QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят96

دَرَجَـٰتٍ مِّنْهُ وَمَغْفِرَةً وَرَحْمَةً ۚ وَكَانَ ٱللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`zidan bo`lgan darajalar ila, mag`firat va rahmat ila (afzal qilgan). Va Alloh mag`firat qiluvchi va rahimli Zotdir.Ўзидан бўлган даражалар ила, мағфират ва раҳмат ила (афзал қилган). Ва Аллоҳ мағфират қилувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Oʻz tomonidan boʻlajak yuksak darajalar, magʻfirat va marhamat bilan afzal qildi. Alloh magʻfiratli, mehribon boʻlgan Zotdir.Ўз томонидан бўлажак юксак даражалар, мағфират ва марҳамат билан афзал қилди. Аллоҳ мағфиратли, меҳрибон бўлган Зотдир.

94-sahifa · 5-juz · 10-hizb94-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
دَرَجَـٰتٍۢdarajalar ilaдаражалар илаمِّنْهُOʻzidan boʻlganЎзидан бўлганوَمَغْفِرَةًۭva magʻfirat ilaва мағфират илаوَرَحْمَةًۭ ۚva rahmat ilaва раҳмат илаوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳغَفُورًۭاmagʻfirat qiluvchiмағфират қилувчиرَّحِيمًاrahmliраҳмли
TafsirТафсир

Ushbu oyatda jihod qiluvchi moʻmin ila jihodga chiqmay uyida oʻtirib qolgan moʻmin orasidagi farq bayon qilinmoqda. Bu borada Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarga jihoddan uzrsiz qolganlar hech qachon teng boʻla olmasliklari taʼkidlanmoqda.

«Moʻminlardan beshikast boʻla turib oʻtirib qolganlari bilan Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar boʻlmaslar».

Uzri borlarning esa, hukmlari boshqa: ular shikast yetgani yoki jismoniy kamchiliklari, kambagʻalliklari tufayli chiqa olmasalar, uzrlidirlar.

Imom Buxoriy hazrati Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Madiynada bir qavmlar borki, siz maʼlum masofa yoʻl yursangiz yoki biror vodiyni kesib oʻtsangiz, albatta, ular ham siz bilan birgadir», deydilar. Odamlar:

«Ular Madiynada qolsalar ham-a, ey, Allohning Rasuli?» deb soʻradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ha, ularni uzr tutib qoldi», dedilar.

Oyatning keyingi jumlasida mujohidlar bilan uzrsiz oʻtirib qolganlarning oralaridagi farq qanday boʻlishi aytiladi:

«Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarning darajasini oʻtirib qoluvchilardan afzal qildi».

Oʻsha afzal qilingan darajani anglash uchun Paygʻambarimiz alayhissalomning hadislariga murojaat qilamiz.

Imom Buxoriy va imom Muslim Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Jannatda Alloh tayyorlagan yuzta daraja bor. Ikki darajaning orasi osmon bilan yercha keladi», deganlar.

Aʼmash rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Kim kamondan bir oʻq otsa, unga ajri bir daraja miqdorida beriladi», dedilar. Shunda bir odam:

«Ey, Allohning Rasuli, daraja nimadir?» deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Daraja sening onangning ostonasi emas. Har ikki daraja orasida masofa yuz yillik yoʻl», dedilar.

Oradagi farqni bayon qilib boʻlingandan soʻng, hammaga ham Alloh yaxshilikni vaʼda qilganligi eslatiladi:

«Alloh hammaga yaxshilikni vaʼda qilgan».

Koʻpchilik ulamolarning taʼkidlashlaricha, «yaxshilik» dan murod jannatdir. Nima boʻlganda ham, iymonning oʻz vazni bor. Iymon taqozosi boʻyicha qilingan amallar haqli ravishda iymonlilar orasidagi darajalarning turlicha boʻlishiga sabab boʻladi.

Bu oyatda zikr etilgan «jihoddan oʻtirib qolganlar» munofiqlar emas. Ular ham musulmondirlar, lekin amal sohasining jihod bobida kamchilikka yoʻl qoʻydilar. Shuning uchun, ular musulmonlar safidan chiqmaydilar, ammo darajalari juda ham pastlaydi. Bu yutqiziqning hajmi quyidagi jumladan soʻng yana ham yaxshiroq aniq boʻladi:

«Alloh mujohidlarni oʻtirib qoluvchilardan ulugʻ ajr ila... oʻzidan boʻlgan darajalar ila, magʻfirat va rahmat ila (afzal qilgan»).

Mujohidlarning afzalliklari bir necha tarafdan ekan. Avvalo, ularga ulugʻ ajr beriladi. Soʻngra, Alloh taolodan boʻlgan darajalar. Bu juda ham katta mukofot. Keyin, Alloh mujohidlarning barcha xato va gunohlarini ham magʻfirat qiladi, kechadi. Hamda ularni Oʻz rahmatiga sazovor etadi.

Oyatning oxirida Allohning sifatlarini eslatish bilan bu ishlar unga juda ham oson ekanligi yana bir bor taʼkidlanmoqda.

«Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir».