لَّا يَسْتَوِى ٱلْقَـٰعِدُونَ مِنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ غَيْرُ أُو۟لِى ٱلضَّرَرِ وَٱلْمُجَـٰهِدُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ ۚ فَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَـٰهِدِينَ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ عَلَى ٱلْقَـٰعِدِينَ دَرَجَةً ۚ وَكُلًّا وَعَدَ ٱللَّهُ ٱلْحُسْنَىٰ ۚ وَفَضَّلَ ٱللَّهُ ٱلْمُجَـٰهِدِينَ عَلَى ٱلْقَـٰعِدِينَ أَجْرًا عَظِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Mo`minlardan beshikast bo`la turib o`tirib qolganlari bilan Allohning yo`lida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar bo`lmaslar. Alloh mollari va jonlari bilan jiddu jahd qiluvchilarning darajasini o`tirib qoluvchilardan afzal qildi. Alloh hammaga yaxshilikni va'da qilgan. Alloh mujohidlarni o`tirib qoluvchilardan ulug` ajr ila afzal qilgan.Мўминлардан бешикаст бўла туриб ўтириб қолганлари билан Аллоҳнинг йўлида моллари ва жонлари ила жиҳод қилувчилари баробар бўлмаслар. Аллоҳ моллари ва жонлари билан жидду жаҳд қилувчиларнинг даражасини ўтириб қолувчилардан афзал қилди. Аллоҳ ҳаммага яхшиликни ваъда қилган. Аллоҳ мужоҳидларни ўтириб қолувчилардан улуғ ажр ила афзал қилган.Alauddin Mansour: Moʻminlardan oʻzlari beshikast boʻlib turib (jihodga chiqmay) oʻtirib olgan kishilar bilan Alloh yoʻlida mol va jonlari ila kurashgan zotlar barobar boʻlmaydi. Alloh molu jonlari bilan kurashgan zotlarni (biron uzr sababli jihodga chiqmay) oʻtirib olgan kishilardan ham bir daraja afzal qildi va barchalariga goʻzal oqibatni (yaʼni, jannatni) vaʼda qildi. Hamda Alloh jihod qilguvchilarni oʻtirib oluvchilardan ulugʻ mukofotni —Мўминлардан ўзлари бешикаст бўлиб туриб (жиҳодга чиқмай) ўтириб олган кишилар билан Аллоҳ йўлида мол ва жонлари ила курашган зотлар баробар бўлмайди. Аллоҳ молу жонлари билан курашган зотларни (бирон узр сабабли жиҳодга чиқмай) ўтириб олган кишилардан ҳам бир даража афзал қилди ва барчаларига гўзал оқибатни (яъни, жаннатни) ваъда қилди. Ҳамда Аллоҳ жиҳод қилгувчиларни ўтириб олувчилардан улуғ мукофотни —
Ushbu oyatda jihod qiluvchi moʻmin ila jihodga chiqmay uyida oʻtirib qolgan moʻmin orasidagi farq bayon qilinmoqda. Bu borada Allohning yoʻlida mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarga jihoddan uzrsiz qolganlar hech qachon teng boʻla olmasliklari taʼkidlanmoqda.
«Moʻminlardan beshikast boʻla turib oʻtirib qolganlari bilan Allohning yoʻlida mollari va jonlari ila jihod qiluvchilari barobar boʻlmaslar».
Uzri borlarning esa, hukmlari boshqa: ular shikast yetgani yoki jismoniy kamchiliklari, kambagʻalliklari tufayli chiqa olmasalar, uzrlidirlar.
Imom Buxoriy hazrati Anas roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Madiynada bir qavmlar borki, siz maʼlum masofa yoʻl yursangiz yoki biror vodiyni kesib oʻtsangiz, albatta, ular ham siz bilan birgadir», deydilar. Odamlar:
«Ular Madiynada qolsalar ham-a, ey, Allohning Rasuli?» deb soʻradilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ha, ularni uzr tutib qoldi», dedilar.
Oyatning keyingi jumlasida mujohidlar bilan uzrsiz oʻtirib qolganlarning oralaridagi farq qanday boʻlishi aytiladi:
«Alloh mollari va jonlari bilan jihod qiluvchilarning darajasini oʻtirib qoluvchilardan afzal qildi».
Oʻsha afzal qilingan darajani anglash uchun Paygʻambarimiz alayhissalomning hadislariga murojaat qilamiz.
Imom Buxoriy va imom Muslim Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Jannatda Alloh tayyorlagan yuzta daraja bor. Ikki darajaning orasi osmon bilan yercha keladi», deganlar.
Aʼmash rahmatullohi alayhi Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
«Kim kamondan bir oʻq otsa, unga ajri bir daraja miqdorida beriladi», dedilar. Shunda bir odam:
«Ey, Allohning Rasuli, daraja nimadir?» deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Daraja sening onangning ostonasi emas. Har ikki daraja orasida masofa yuz yillik yoʻl», dedilar.
Oradagi farqni bayon qilib boʻlingandan soʻng, hammaga ham Alloh yaxshilikni vaʼda qilganligi eslatiladi:
«Alloh hammaga yaxshilikni vaʼda qilgan».
Koʻpchilik ulamolarning taʼkidlashlaricha, «yaxshilik» dan murod jannatdir. Nima boʻlganda ham, iymonning oʻz vazni bor. Iymon taqozosi boʻyicha qilingan amallar haqli ravishda iymonlilar orasidagi darajalarning turlicha boʻlishiga sabab boʻladi.
Bu oyatda zikr etilgan «jihoddan oʻtirib qolganlar» munofiqlar emas. Ular ham musulmondirlar, lekin amal sohasining jihod bobida kamchilikka yoʻl qoʻydilar. Shuning uchun, ular musulmonlar safidan chiqmaydilar, ammo darajalari juda ham pastlaydi. Bu yutqiziqning hajmi quyidagi jumladan soʻng yana ham yaxshiroq aniq boʻladi:
«Alloh mujohidlarni oʻtirib qoluvchilardan ulugʻ ajr ila... oʻzidan boʻlgan darajalar ila, magʻfirat va rahmat ila (afzal qilgan»).
Mujohidlarning afzalliklari bir necha tarafdan ekan. Avvalo, ularga ulugʻ ajr beriladi. Soʻngra, Alloh taolodan boʻlgan darajalar. Bu juda ham katta mukofot. Keyin, Alloh mujohidlarning barcha xato va gunohlarini ham magʻfirat qiladi, kechadi. Hamda ularni Oʻz rahmatiga sazovor etadi.
Oyatning oxirida Allohning sifatlarini eslatish bilan bu ishlar unga juda ham oson ekanligi yana bir bor taʼkidlanmoqda.
«Va Alloh magʻfirat qiluvchi va rahimli Zotdir».