QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят94

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا ضَرَبْتُمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ فَتَبَيَّنُوا۟ وَلَا تَقُولُوا۟ لِمَنْ أَلْقَىٰٓ إِلَيْكُمُ ٱلسَّلَـٰمَ لَسْتَ مُؤْمِنًا تَبْتَغُونَ عَرَضَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا فَعِندَ ٱللَّهِ مَغَانِمُ كَثِيرَةٌ ۚ كَذَٰلِكَ كُنتُم مِّن قَبْلُ فَمَنَّ ٱللَّهُ عَلَيْكُمْ فَتَبَيَّنُوٓا۟ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Allohning yo`lida jihodga chiqsangiz, aniqlab olinglar va sizga salom bergan kimsaga, mo`min emassan, demanglar. Bu dunyo hayotining o`tkinchi o`ljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, ko`plab o`ljalar bor. Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga ne'mat berdi. Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir.Эй, иймон келтирганлар! Аллоҳнинг йўлида жиҳодга чиқсангиз, аниқлаб олинглар ва сизга салом берган кимсага, мўмин эмассан, деманглар. Бу дунё ҳаётининг ўткинчи ўлжасини истайсизлар, Аллоҳнинг ҳузурида эса, кўплаб ўлжалар бор. Авваллари сиз ҳам шундай эдингиз, Аллоҳ сизга неъмат берди. Бас, аниқлаб олинг. Албатта, Аллоҳ нима қилаётганингиздан хабардордир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, qachon Alloh yoʻlida jihod uchun safarga chiqsangiz (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar va bu hayoti dunyoning narsasini istab sizlarga salom bergan kishiga: «Sen moʻmin emassan!», demanglar! Zero, Allohning huzurida behisob oʻljalar bordir. Ilgari sizlar ham shunday edingiz (yaʼni, kofirlar qoʻl ostida musulmonligingizni yashirib yurishga majbur edingiz). Endi Alloh sizlarni (Islom davlatida yashash neʼmati bilan) mamnun qildi. Bas, (dushmanlaringizni) aniq tanib olinglar. Albatta, Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir.Эй мўминлар, қачон Аллоҳ йўлида жиҳод учун сафарга чиқсангиз (душманларингизни) аниқ таниб олинглар ва бу ҳаёти дунёнинг нарсасини истаб сизларга салом берган кишига: «Сен мўмин эмассан!», деманглар! Зеро, Аллоҳнинг ҳузурида беҳисоб ўлжалар бордир. Илгари сизлар ҳам шундай эдингиз (яъни, кофирлар қўл остида мусулмонлигингизни яшириб юришга мажбур эдингиз). Энди Аллоҳ сизларни (Ислом давлатида яшаш неъмати билан) мамнун қилди. Бас, (душманларингизни) аниқ таниб олинглар. Албатта, Аллоҳ қилаётган амалларингиздан хабардор бўлган Зотдир.

93-sahifa · 5-juz · 10-hizb93-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَkimsalarкимсаларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларإِذَاqachonkiқачонкиضَرَبْتُمْ(jihodga) chiqsangiz(жиҳодга) чиқсангизفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингفَتَبَيَّنُوا۟bas, aniqlab olinglarбас, аниқлаб олингларوَلَاva emasва эмасتَقُولُوا۟aytinglarайтингларلِمَنْkimsagaкимсагаأَلْقَىٰٓtashlagan (bergan)ташлаган (берган)إِلَيْكُمُsizlargaсизларгаٱلسَّلَـٰمَsalomniсаломниلَسْتَsen emassanсен эмассанمُؤْمِنًۭاmoʻminмўминتَبْتَغُونَistaysizlarистайсизларعَرَضَoʻtkinchi oʻljasiniўткинчи ўлжасиниٱلْحَيَوٰةِhayotiningҳаётинингٱلدُّنْيَاbu dunyoбу дунёفَعِندَhuzurida esaҳузурида эсаٱللَّهِAllohningАллоҳнингمَغَانِمُoʻljalar (bor)ўлжалар (бор)كَثِيرَةٌۭ ۚkoʻplabкўплабكَذَٰلِكَshundayшундайكُنتُمsiz ham edingizсиз ҳам эдингизمِّن-dan-данقَبْلُavvalаввалفَمَنَّbas, neʼmat berdiбас, неъмат бердиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْكُمْsizgaсизгаفَتَبَيَّنُوٓا۟ ۚbas, aniqlab olingбас, аниқлаб олингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурبِمَاnimaikiнимаикиتَعْمَلُونَqilayotgan boʻlsangizқилаётган бўлсангизخَبِيرًۭاxabardordirхабардордир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida Imom Ahmad ibn Hanbal hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Banu Salim qabilasidan bir odam bir guruh sahobaning oldidan qoʻylarini boqib oʻtib qoldi va ularga salom berdi. Sahobalar: «Bizdan qoʻrqqanidan salom berdi, boʻlmasa, bermas edi», dedilar-da, uni oʻldirib, qoʻylarini Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga haydab bordilar. Shunda Alloh taolo:

«Ey, iymon keltirganlar! Allohning yoʻlida jihodga chiqadigan boʻlsangiz, aniqlab olinglar...» oyatini nozil qildi.

Demak, oyati karimada Alloh taolo shoshma-shosharlik bilan birovning moʻmin yoki moʻmin emasligi haqida hukm chiqarib ish koʻrishni qoralamoqda.

Musulmonlar hech qachon bu dunyo matohini hisobga olib ish koʻrmasliklari lozim. Shu bilan birga, yaxshi aniqlamay turib ham ish qilmasliklari kerak. Qoʻy haydab oʻtgan odam ularga salom berdimi, demak, bu bilan u, men ham musulmonman, dedi. Uni, sen musulmon emassan, deb oʻldirib, qoʻyini olish musulmonning ishi emas. Ularning bu ishlari bu dunyoning oʻtkinchi oʻljasi uchun odam oʻldirishdir.

«Bu dunyo hayotining oʻtkinchi oʻljasini istaysizlar, Allohning huzurida esa, koʻplab oʻljalar bor».

Holbuki, jihodga chiqqan odam Alloh uchun chiqadi. Allohning huzurida esa, oʻljalar juda koʻp. Alloh taolo bu nomaʼqul ishni qilgan musulmonlarga oʻzlarining yaqin oʻtmishini eslatib:

«Avvallari siz ham shunday edingiz, Alloh sizga neʼmat berdi», demoqda.

Yaʼni, Alloh sizga iymon va Islom neʼmatini bermasdan avvalgi holingizni eslang? Qanday edingiz?! Shoshqaloq, aniqlamay ish qilar va bu dunyoning oʻtkinchi matohi uchun hech narsadan qaytmas edingiz. Endi bu ish sizga toʻgʻri kelmaydi.

Bu jumlaga ikkinchi bir maʼno bersa ham boʻladi, yaʼni: Alloh sizga tinchlik-omonlik neʼmatini bermasdan oldin siz ham oʻsha oʻldirilgan odamga oʻxshab iymoningizni yashirib yurar edingiz. Oʻsha holatingizni unutmang.

«Bas, aniqlab oling. Albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir».

Jihod haqidagi taʼlimotlardan yana birini koʻrdik. Kelasi oyatlarda jihodga chiqqanlar bilan chiqmaganlar orasidagi farqlarning bayoni keladi: