QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят102

وَإِذَا كُنتَ فِيهِمْ فَأَقَمْتَ لَهُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَلْتَقُمْ طَآئِفَةٌ مِّنْهُم مَّعَكَ وَلْيَأْخُذُوٓا۟ أَسْلِحَتَهُمْ فَإِذَا سَجَدُوا۟ فَلْيَكُونُوا۟ مِن وَرَآئِكُمْ وَلْتَأْتِ طَآئِفَةٌ أُخْرَىٰ لَمْ يُصَلُّوا۟ فَلْيُصَلُّوا۟ مَعَكَ وَلْيَأْخُذُوا۟ حِذْرَهُمْ وَأَسْلِحَتَهُمْ ۗ وَدَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ تَغْفُلُونَ عَنْ أَسْلِحَتِكُمْ وَأَمْتِعَتِكُمْ فَيَمِيلُونَ عَلَيْكُم مَّيْلَةً وَٰحِدَةً ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِن كَانَ بِكُمْ أَذًى مِّن مَّطَرٍ أَوْ كُنتُم مَّرْضَىٰٓ أَن تَضَعُوٓا۟ أَسْلِحَتَكُمْ ۖ وَخُذُوا۟ حِذْرَكُمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ أَعَدَّ لِلْكَـٰفِرِينَ عَذَابًا مُّهِينًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular ichida bo`lsang-u, namoz ado qilmoqchi bo`lsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini o`zlari bilan olsinlar. Sajda qilganlaridan keyin orqangizga o`tsinlar. Namoz o`qimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz o`qisin. Ehtiyot bo`lib, silohlarini o`zlari bilan olsinlar. Silohlaringiz va matohlaringizdan g`ofil bo`lsangiz, kufr keltirganlar ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar. Yomg`irdan ozor yetsa yoki bemor bo`lsangiz, silohlaringizni qo`ymog`ingizda gunoh yo`qdir. Hushyor bo`linglar! Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir.Улар ичида бўлсанг-у, намоз адо қилмоқчи бўлсанг, улардан бир тоифаси сен билан турсин ва силоҳларини ўзлари билан олсинлар. Сажда қилганларидан кейин орқангизга ўтсинлар. Намоз ўқимаган бошқа тоифа келиб, сен билан намоз ўқисин. Эҳтиёт бўлиб, силоҳларини ўзлари билан олсинлар. Силоҳларингиз ва матоҳларингиздан ғофил бўлсангиз, куфр келтирганлар устингиздан бирдан ҳамла қилишни истарлар. Ёмғирдан озор етса ёки бемор бўлсангиз, силоҳларингизни қўймоғингизда гуноҳ йўқдир. Ҳушёр бўлинглар! Албатта, Аллоҳ кофирларга хорловчи азоб тайёрлагандир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), qachon siz (jang maydonida) moʻminlar orasida boʻlib, ularga imom boʻlgan holda namoz oʻqimoqchi boʻlsangiz, ulardan bir toifasi qurollangan hollarida siz bilan namozga tursinlar. Bas, qachon sajda qilishgach (yaʼni, namozning bir rakaatini oʻqib boʻlishgach), orqalaringga borib, (sizlarni qoʻriqlab) tursinlar va hali namoz oʻqimagan boshqa toifa kelib siz bilan birga namoz oʻqisinlar. Ular ham ehtiyot choralarini koʻrib, qurollanib olsinlar. Kofirlar sizlar qurol-yarogʻ va asbob-anjomlaringizdan gʻaflatda boʻlgan paytingizda ustingizga birdaniga hamla qilishni istaydilar. Agar yogʻingarchilikdan aziyat cheksangizlar yoki bemor boʻlsangizlar, qurollaringizni yechib qoʻyishingiz gunoh emas. Ammo ehtiyot chorangizni koʻrib qoʻyinglar. Albatta, Alloh kofirlar uchun xor qilguvchi azobni tayyorlab qoʻygandir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), қачон сиз (жанг майдонида) мўминлар орасида бўлиб, уларга имом бўлган ҳолда намоз ўқимоқчи бўлсангиз, улардан бир тоифаси қуролланган ҳолларида сиз билан намозга турсинлар. Бас, қачон сажда қилишгач (яъни, намознинг бир ракаатини ўқиб бўлишгач), орқаларингга бориб, (сизларни қўриқлаб) турсинлар ва ҳали намоз ўқимаган бошқа тоифа келиб сиз билан бирга намоз ўқисинлар. Улар ҳам эҳтиёт чораларини кўриб, қуролланиб олсинлар. Кофирлар сизлар қурол-яроғ ва асбоб-анжомларингиздан ғафлатда бўлган пайтингизда устингизга бирданига ҳамла қилишни истайдилар. Агар ёғингарчиликдан азият чексангизлар ёки бемор бўлсангизлар, қуролларингизни ечиб қўйишингиз гуноҳ эмас. Аммо эҳтиёт чорангизни кўриб қўйинглар. Албатта, Аллоҳ кофирлар учун хор қилгувчи азобни тайёрлаб қўйгандир.

95-sahifa · 5-juz · 10-hizb95-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذَاva qachonkiва қачонкиكُنتَsen boʻlsangсен бўлсангفِيهِمْular ichidaулар ичидаفَأَقَمْتَbas, ado qilmoqchi boʻlsangбас, адо қилмоқчи бўлсангلَهُمُulargaуларгаٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниفَلْتَقُمْbas, tursinбас, турсинطَآئِفَةٌۭbir toifaбир тоифаمِّنْهُمulardanуларданمَّعَكَsen bilanсен биланوَلْيَأْخُذُوٓا۟va olsinlarва олсинларأَسْلِحَتَهُمْsilohlariniсилоҳлариниفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиسَجَدُوا۟sajda qilsalarсажда қилсаларفَلْيَكُونُوا۟bas, boʻlsinlarбас, бўлсинларمِن-dan-данوَرَآئِكُمْorqangizорқангизوَلْتَأْتِva kelsinва келсинطَآئِفَةٌtoifaтоифаأُخْرَىٰboshqaбошқаلَمْemasэмасيُصَلُّوا۟namoz oʻqiganнамоз ўқиганفَلْيُصَلُّوا۟bas, namoz oʻqisinlarбас, намоз ўқисинларمَعَكَsen bilanсен биланوَلْيَأْخُذُوا۟va olsinlarва олсинларحِذْرَهُمْehtiyotlariniэҳтиётлариниوَأَسْلِحَتَهُمْ ۗva silohlariniва силоҳлариниوَدَّistarlarистарларٱلَّذِينَkimsalarкимсаларكَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганلَوْagarагарتَغْفُلُونَgʻofil boʻlsangizғофил бўлсангизعَنْ-dan-данأَسْلِحَتِكُمْsilohlaringizсилоҳларингизوَأَمْتِعَتِكُمْva matohlaringizва матоҳларингизفَيَمِيلُونَbas, hamla qilurlarбас, ҳамла қилурларعَلَيْكُمustingizdanустингизданمَّيْلَةًۭhamlaҳамлаوَٰحِدَةًۭ ۚyagona (birdaniga)ягона (бирданига)وَلَاva yoʻqdirва йўқдирجُنَاحَgunohгуноҳعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаإِنagarагарكَانَboʻlsaбўлсаبِكُمْsizgaсизгаأَذًۭىozorозорمِّن-dan-данمَّطَرٍyomgʻirёмғирأَوْyokiёкиكُنتُمboʻlsangizбўлсангизمَّرْضَىٰٓbemorбеморأَن-mogʻingizda-моғингиздаتَضَعُوٓا۟qoʻyishingizқўйишингизأَسْلِحَتَكُمْ ۖsilohlaringizniсилоҳларингизниوَخُذُوا۟va olinglarва олингларحِذْرَكُمْ ۗehtiyotingizni (xushyor boʻlinglar)эҳтиётингизни (хушёр бўлинглар)إِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳأَعَدَّtayyorlagandirтайёрлагандирلِلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаعَذَابًۭاazobазобمُّهِينًۭاxorlovchiхорловчи
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima bilan tanishganda, namozga naqadar katta eʼtibor borligi darhol anglab yetiladi. Oʻylab koʻring-a: urush boʻlib tursa, har bir insonning hayoti qil ustida tursa-da, yana namoz oʻqishga amr boʻlsa! Avval aytilganidek, inson bunday nozik paytda Robbiga yana ham ehtiyoji kuchaygan boʻladi.

Urush paytida oʻqiladigan namoz «Xavf namozi» deb ataladi. Xavf namozi holatlarga qarab bir necha xil boʻladi. Ushbu oyatda namuna tariqasida bir xili koʻrsatib oʻtilgan. Unda Alloh taolo Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib urush vaziyatida sen sahobalar bilan birga boʻlsang-u, namoz oʻqimoqchi boʻlsang, ulardan bir toifa ortingda iqtido qilib tursinlar deydi.

«Ular ichida boʻlsang-u, namoz ado qilmoqchi boʻlsang, ulardan bir toifasi sen bilan tursin va silohlarini oʻzlari bilan olsinlar».

Demak, jihodga chiqqan mujohidlar bu holda ikkiga boʻlinishadi. Bir toifalari imom bilan namoz oʻqiydi, ikkinchi toifa namoz oʻqimay, qoʻriqchilik qilib turadi.

«Sajda qilganlaridan keyin orqangizga oʻtsinlar. Namoz oʻqimagan boshqa toifa kelib, sen bilan namoz oʻqisin».

Chunki, imom birinchi toifa bilan birinchi rakʼatni oʻqib boʻlgandan soʻng, ular turib orqaga qoʻriqchilikka oʻtadilar. Qoʻriqchilik qilib turgan ikkinchi toifa kelib imom bilan ikkinchi rakʼatni oʻqiydi.

Oyatda shu joygacha zikr etilgan. Namozning davomi Paygʻambarimiz alayhissalomning sunnatlarida kelgan. Ikkinchi rakʼat tamom boʻlishi bilan imom salom beradi. Chunki u ikki rakʼatni tamom oʻqidi. Keyin birinchi toifa kelib, ikkinchi rakʼatni har kim oʻzi oʻqib, salom beradi. Ikkinchi rakʼatni imom bilan oʻqigan va yana qorovullikka oʻtgan ikkinchi toifa birinchi toifadan keyin qolgan bir rakʼat namozini yakka-yakka oʻqib, salom beradi.

Bunday namozni ado etish davomida musulmonlar hushyor boʻlishlari va silohlarini oʻzlari bilan birga tutishlari qayta-qayta tayinlanmoqda. Kofirlarning yomonliklaridan bexabar qolmanglar, deb ogohlantirilmoqda.

«Ehtiyot boʻlib, silohlarini oʻzlari bilan olsinlar. Kufr keltirganlar silohlaringiz va matohlaringizdan gʻofil boʻlsangiz, ustingizdan birdan hamla qilishni istarlar».

Bu kofirlarning doimiy orzusidir. Shuning uchun ham, moʻminlar hamisha hushyor boʻlmogʻi lozim.

Ushbu amrdan maqsad musulmonlarga qiyinchilik paydo qilish, ularga ogʻirlik tuqdirish emas.

«Yomgʻirdan ozor yetsa yoki bemor boʻlsangiz, silohlaringizni qoʻymogʻingizda gunoh yoʻqdir. Hushyor boʻlinglar!»

Tabiiyki, yomgʻir yoqib turganda, silohli holda namoz oʻqish mashaqqat. Foyda ham yoʻq. Bu holatda silohni bir chetga qoʻyib, hushyorlikni oshirib oʻqilsa, kifoya. Moʻminlar hushyor boʻlib, yaxshi jihod qilsalar, boʻldi.

«Albatta, Alloh kofirlarga xorlovchi azob tayyorlagandir».

Ammo, namozni oʻqib boʻlib, ibodat tugadi, bu yogʻi nima boʻlsa, boʻlar, deb boʻlmaydi. Balki, musulmon odam doimo, xususan, jihod holatidek hassos vaqtlarda Allohni eslab turmogʻi lozim: