QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят103

فَإِذَا قَضَيْتُمُ ٱلصَّلَوٰةَ فَٱذْكُرُوا۟ ٱللَّهَ قِيَـٰمًا وَقُعُودًا وَعَلَىٰ جُنُوبِكُمْ ۚ فَإِذَا ٱطْمَأْنَنتُمْ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ كَانَتْ عَلَى ٱلْمُؤْمِنِينَ كِتَـٰبًا مَّوْقُوتًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Namozni ado etganingizdan so`ng, Allohni turgan, o`tirgan va yonboshlagan holingizda eslang. Xotirjam bo`lganingizda namozni to`liq ado eting. Albatta, namoz mo`minlarga vaqtida farz qilingandir.Намозни адо этганингиздан сўнг, Аллоҳни турган, ўтирган ва ёнбошлаган ҳолингизда эсланг. Хотиржам бўлганингизда намозни тўлиқ адо этинг. Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир.Alauddin Mansour: Namozni ado qilib boʻlganingizdan keyin ham turgan, oʻtirgan va yonboshlagan paytlaringizda doim Allohni yod etingiz! Bas, qachon xotirjam boʻlgach, namozni toʻkis ado etingiz! Albatta, namoz moʻminlarga (vaqti) tayinlangan farz boʻldi.Намозни адо қилиб бўлганингиздан кейин ҳам турган, ўтирган ва ёнбошлаган пайтларингизда доим Аллоҳни ёд этингиз! Бас, қачон хотиржам бўлгач, намозни тўкис адо этингиз! Албатта, намоз мўминларга (вақти) тайинланган фарз бўлди.

95-sahifa · 5-juz · 10-hizb95-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиقَضَيْتُمُado etsangizадо этсангизٱلصَّلَوٰةَnamozniнамозниفَٱذْكُرُوا۟bas, eslangбас, эслангٱللَّهَAllohniАллоҳниقِيَـٰمًۭاturgan holdaтурган ҳолдаوَقُعُودًۭاva oʻtirgan holdaва ўтирган ҳолдаوَعَلَىٰva -daва -даجُنُوبِكُمْ ۚyonboshlagan holingizdaёнбошлаган ҳолингиздаفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиٱطْمَأْنَنتُمْxotirjam boʻlsangizхотиржам бўлсангизفَأَقِيمُوا۟bas, toʻliq ado etingбас, тўлиқ адо этингٱلصَّلَوٰةَ ۚnamozniнамозниإِنَّalbattaалбаттаٱلصَّلَوٰةَnamozнамозكَانَتْerurэрурعَلَى-ga-гаٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларгаكِتَـٰبًۭاfarz qilinganфарз қилинганمَّوْقُوتًۭاvaqtida (belgilangan)вақтида (белгиланган)
TafsirТафсир

Har vaqtda ham, har namozdan keyin ham Allohni zikr etish targʻib qilinadi. Ammo bu oyati karimada bu ish ayniqsa xavf namozidan keyin zarur ekani taʼkidlanmoqda.

«Namozni ado etganingizdan soʻng, Allohni turgan, oʻtirgan va yonboshlagan holingizda eslang».

Oʻtirganda ham, turganda ham, yonboshlaganda ham, yaʼni, hamma holatlarda Alloh taoloni zikr qilib, Undan dushman bilan boʻladigan jangda gʻalaba–nusrat soʻraladi.

Urush tugab, xavf-xatar ketib:

«Xotirjam boʻlganingizda namozni toʻliq ado eting».

Chunki xavf namozini oʻqishning hojati qolmadi.

Keyingi oyatda har qanday qiyinchiliklarga ham qaramay jihodda bardavom boʻlishga targʻib etiladi: