QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят104

وَلَا تَهِنُوا۟ فِى ٱبْتِغَآءِ ٱلْقَوْمِ ۖ إِن تَكُونُوا۟ تَأْلَمُونَ فَإِنَّهُمْ يَأْلَمُونَ كَمَا تَأْلَمُونَ ۖ وَتَرْجُونَ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا يَرْجُونَ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلِيمًا حَكِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U qavmni quvishda bo`sh kelmang. Agar alam chekayotgan bo`lsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar. Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.У қавмни қувишда бўш келманг. Агар алам чекаётган бўлсангиз, улар ҳам сиз алам чекаётганингиздек алам чекмоқдалар. Сиз эса, Аллоҳдан улар умид қилмаган нарсани умид қилмоқдасиз. Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Bu kofir qavmni quvishda sustkashlik qilmangiz! Agar qiynalayotgan boʻlsangizlar, ular ham sizlar qiynalganingizdek qiynalmoqdalar. (Shu bilan birga) sizlar Alloh tomonidan ular umid qilmagan narsani (yaʼni, savobni, shahidlik neʼmatiga muyassar boʻlishni, qolaversa, gʻalaba qozonishni) umid qilmoqdasizlar-ku?! Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.Бу кофир қавмни қувишда сусткашлик қилмангиз! Агар қийналаётган бўлсангизлар, улар ҳам сизлар қийналганингиздек қийналмоқдалар. (Шу билан бирга) сизлар Аллоҳ томонидан улар умид қилмаган нарсани (яъни, савобни, шаҳидлик неъматига муяссар бўлишни, қолаверса, ғалаба қозонишни) умид қилмоқдасизлар-ку?! Аллоҳ билим ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.

95-sahifa · 5-juz · 10-hizb95-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَهِنُوا۟boʻsh kelinglarбўш келингларفِى-da-даٱبْتِغَآءِquvish (izlash)қувиш (излаш)ٱلْقَوْمِ ۖu qavmniу қавмниإِنagarагарتَكُونُوا۟boʻlsangizбўлсангизتَأْلَمُونَalam chekayotganалам чекаётганفَإِنَّهُمْbas, albatta, ular hamбас, албатта, улар ҳамيَأْلَمُونَalam chekmoqdalarалам чекмоқдаларكَمَاxuddi -dekхудди -декتَأْلَمُونَ ۖsiz alam chekayotganingizсиз алам чекаётганингизوَتَرْجُونَva umid qilmoqdasizва умид қилмоқдасизمِنَ-dan-данٱللَّهِAllohАллоҳمَاnarsaniнарсаниلَاemasэмасيَرْجُونَ ۗular umid qilganулар умид қилганوَكَانَva erurва эрурٱللَّهُAllohАллоҳعَلِيمًاbiluvchiбилувчиحَكِيمًاhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Kofirlar bilan boʻlgan mujodalada hech boʻsh kelmaslik kerak. Toʻgʻri, bu ish oson ish emas. Juda katta mashaqqatli ish. Moʻminlar bu ishda koʻplab dardu alamlar chekadilar, qiynaladilar. Lekin, aslini olib qaraganda, xuddi shu mashaqqat va qiynalish ularning dushmanlarida ham bor.

«U qavmni quvishda boʻsh kelmang. Agar alam chekayotgan boʻlsangiz, ular ham siz alam chekayotganingizdek alam chekmoqdalar».

Ular oʻzlarining botil yoʻllari uchun shunchalik qiyinchiliklarni koʻtarmoqdalar. Mashaqqatlar tortmoqdalar. Holbuki, ularning Xudodan umidlari yoʻq.

«Siz esa, Allohdan ular umid qilmagan narsani umid qilmoqdasiz. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir».

Bas, shunday ekan, Xudodan umidvor boʻlgan, u tomondan vaʼda qilingan nusrat yoki jannatni orzu qilayotgan moʻminlar mashaqqat–alamlarga nima uchun chidayolmasliklari kerak!

Kelgusi oyatlar majmuasi urush holidagi qavmning baʼzi aʼzolari bilan boʻladigan muomalani bayon qiladi: