QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nisa surasi · Oyatсураси · Оят127

وَيَسْتَفْتُونَكَ فِى ٱلنِّسَآءِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فِى ٱلْكِتَـٰبِ فِى يَتَـٰمَى ٱلنِّسَآءِ ٱلَّـٰتِى لَا تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَن تَنكِحُوهُنَّ وَٱلْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ ٱلْوِلْدَٰنِ وَأَن تَقُومُوا۟ لِلْيَتَـٰمَىٰ بِٱلْقِسْطِ ۚ وَمَا تَفْعَلُوا۟ مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِهِۦ عَلِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sendan ayollar haqida fatvo so`rarlar. «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga rag`bat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmog`ingiz haqida fatvo beradir», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir.Сендан аёллар ҳақида фатво сўрарлар. «Аллоҳ сизга улар ҳақида ва китобда тиловат қилинадиган, сиз уларга тайин қилинган нарсани бермай никоҳига рағбат қилганингиз аёллар ҳақида, заифҳол болалар ҳақида ва етимларга адолат қилмоғингиз ҳақида фатво берадир», деб айт. Аллоҳ қилган ҳар бир яхшилигингизни билувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizdan ayollar haqida fatvo soʻraydilar. Ayting: «Ular toʻgʻrisida sizlarga Alloh va Kitobda (Qurʼonda) tilovat qilinadigan oyatlar fatvo berur. Yana (qaramogʻingizdagi voyaga yetgan) yetim qizlarni (agar goʻzal boʻlsalar) ular uchun farz qilingan mahrlarini bermasdan (nikohingizga olishingizni) va (agar xunuk boʻlsalar) nikohingizga olishdan yuz oʻgirib (ulardan qoladigan merosga tama qilib to oʻlgunlaricha boshqa birovga turmushga chiqarmay saqlashlaringizni sizlarga harom qiladi). Yana nochor bolalar haqida fatvo berib, bunday yetimlar xususida adolat bilan turishingizni amr qilur. Sizlar nima yaxshilik qilsangiz, albatta Alloh uni bilib turguvchi boʻlgan Zotdir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиздан аёллар ҳақида фатво сўрайдилар. Айтинг: «Улар тўғрисида сизларга Аллоҳ ва Китобда (Қуръонда) тиловат қилинадиган оятлар фатво берур. Яна (қарамоғингиздаги вояга етган) етим қизларни (агар гўзал бўлсалар) улар учун фарз қилинган маҳрларини бермасдан (никоҳингизга олишингизни) ва (агар хунук бўлсалар) никоҳингизга олишдан юз ўгириб (улардан қоладиган меросга тама қилиб то ўлгунларича бошқа бировга турмушга чиқармай сақлашларингизни сизларга ҳаром қилади). Яна ночор болалар ҳақида фатво бериб, бундай етимлар хусусида адолат билан туришингизни амр қилур. Сизлар нима яхшилик қилсангиз, албатта Аллоҳ уни билиб тургувчи бўлган Зотдир.

98-sahifa · 5-juz · 10-hizb98-саҳифа · 5-жуз · 10-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيَسْتَفْتُونَكَva sendan fatvo soʻrarlarва сендан фатво сўрарларفِىhaqidaҳақидаٱلنِّسَآءِ ۖayollarаёлларقُلِaytайтٱللَّهُAllohАллоҳيُفْتِيكُمْsizga fatvo beradirсизга фатво берадирفِيهِنَّular haqidaулар ҳақидаوَمَاva narsaва нарсаيُتْلَىٰtilovat qilinadiganтиловат қилинадиганعَلَيْكُمْsizlargaсизларгаفِى-da-даٱلْكِتَـٰبِkitobdaкитобдаفِىhaqidaҳақидаيَتَـٰمَىyetimетимٱلنِّسَآءِayollarаёлларٱلَّـٰتِىular(ki)улар(ки)لَاemasэмасتُؤْتُونَهُنَّularga berasizlarуларга берасизларمَاnarsaniнарсаниكُتِبَtayin qilinganтайин қилинганلَهُنَّulargaуларгаوَتَرْغَبُونَva ragʻbat qilasizlarва рағбат қиласизларأَن-ga-гаتَنكِحُوهُنَّularni nikohlashingizуларни никоҳлашингизوَٱلْمُسْتَضْعَفِينَva zaifhollar haqidaва заифҳоллар ҳақидаمِنَ-dan-данٱلْوِلْدَٰنِbolalardanболаларданوَأَنva ...mogʻingizва ...моғингизتَقُومُوا۟turishingizтуришингизلِلْيَتَـٰمَىٰyetimlargaетимларгаبِٱلْقِسْطِ ۚadolat bilanадолат биланوَمَاva nimaikiва нимаикиتَفْعَلُوا۟qilsangizқилсангизمِنْ-dan-данخَيْرٍۢyaxshilikяхшиликفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурبِهِۦuniуниعَلِيمًۭاbiluvchiбилувчи
TafsirТафсир

Aslida, odamlar Paygʻambar alayhissalomdan ayollar haqida fatvo soʻragan edilar.

«Sendan ayollar haqida fatvo soʻrarlar».

Alloh taolo esa, bunga qoʻshib yana bir necha masalalar haqida ham fatvo berishini aytmoqda.«Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga ragʻbat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmogʻingiz haqida fatvo beradir», deb ayt».

«Kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga ragʻbat qilganingiz ayollar kimlar?

Bu ayollar kimligi xususida Ali ibn Abu Tolha hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Johiliyat davrida bir kishi oʻz qaramogʻida qolgan yetim qizning ustiga kiyimini tashlab qoʻysa, u qizga hech qachon hech kim uylana olmas edi. Agar qiz goʻzal boʻlsa, qaramogʻiga olgan odam oʻzi unga uylanar va uning molu mulkiga ham ega boʻlar edi. Agar qiz xunuk boʻlsa, oʻlguncha erga tega olmas edi. Oʻlgandan soʻng esa, valiyul amr uning merosini olar edi.

Islom bunday yaramas odatni harom qildi. Arab tilida «raqbat» soʻzi, birga keladigan bogʻlovchi harflarning holatiga qarab, oʻzaro qarama-qarshi ikki xil maʼno beradi. Agar «ragʻbat» soʻzi «fi» harfi bilan kelsa, «qiziqish» maʼnosini anglatadi, «An» harfi bilan kelganda esa, «sovish», «xohlamaslik», maʼnolarini anglatadi. Ushbu oyatda mazkur ikki harflardan biri ham kelmagan. Chunki umumiy maʼnoda, mazkur ikki xil maʼno ham bor. Yaʼni, holatga qarab, yetim qizni oʻz qaramogʻiga olgan odam, agar u chiroyli boʻlsa, nikohlab olishga qiziqishi ham mumkin, yoki, agar u xunuk boʻlsa, uning nikohiga qiziqmasligi ham mumkin. Demak, oyat ikki xil maʼnoni ham koʻtaradigan boʻlib kelgan. Bu Qurʼonning moʻjizalaridan hisoblanadi.

Oyatda zaifhol bolalar haqida fatvo berilib, ularga nisbatan ham adolatli boʻlishga chaqirilmoqda. Johiliyat davrida zaifhol bolalarga ham ayollarga zulm qilingandek zulm qilinar edi. Ularni kichkina, qilich koʻtarib urushga chiqishga qodir emas, deb merosdan haq bermas edilar. Alloh taolo bu ishni ham man etdi. Ularga nisbatan adolatli boʻlishni joriy qildi. Shuningdek, yetimlarga nisbatan boʻladigan zulmlarni ham bekor qilib, adolat oʻrnatdi. Oyatning oxirida esa,

«Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir», deyish bilan hamisha yaxshilik qilishga chorlanadi.